Roberto Badjo: "Iste’dodlar juda ko‘p, ammo ularni rivojlantirish kerak"
Bolalar endi ko‘chalarda futbol o‘ynamayapti va A Seriyada italyan futbolchilar soni kamayib boryapti.
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Roberto Badjo o‘z yurti futbolida bo‘layotgan muammolarga to‘xtaldi.
"Juda ko‘p narsani tuzatishimiz kerak. Bolalar endi ko‘chalarda futbol o‘ynamayapti va A Seriyada italyan futbolchilar soni kamayib boryapti. Iste’dodlar ko‘p, ammo ularni kashf etish, himoya qilish va rivojlantirish kerak", - dedi Badjo.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi jahon chempionati saralashining so‘nggi raundida Bosniyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, mundialsiz qolgan edi.