Latviya O‘zbekiston bilan logistika, jumladan yuk eksport-importi, shuningdek Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi havo transporti sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor. Ayni mavzuga ushbu mamlakatning yurtimizdagi elchisi Reynis Troksha eksklyuziv intervyusida batafsil to‘xtaldi.

– Latviya portlari va “Riga aeroporti” xabi Markaziy Osiyo bilan Yevropa o‘rtasida yuk tashish hamda logistika biznesini rivojlantirish, shuningdek Shimoliy Yevropa mintaqasiga mahsulot yetkazib beruvchi ishlab chiqarish va tarqatish markazlari yaratish uchun juda qulay sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan Latviya jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston bozorida ulkan salohiyat ko‘rmoqda. Bu nafaqat farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, mashina va uskunalar kabi an’anaviy tarmoqlar, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari singari zamonaviy sohalarda ham yangi imkoniyatlar ochmoqda. 2024 yil Latviya O‘zbekistonga 10 dan ziyod savdo missiyasi tashkil etgani iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdorlik belgisidir.

Bizning korxonalarimiz mahalliy kompaniyalar faoliyati samaradorligini oshirib, Yevropa bozoriga chiqish yo‘lida ko‘maklashishga intilmoqda.

Masalan, ikki davlat IT mutaxassislari va innovatorlari ishtirokida, “ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” doirasida o‘tkazilgan Latviya – O‘zbekiston raqamli kommunikatsiyalar forumi sheriklikni rivojlantirish uchun qulay maydonga aylandi. Latviya kompaniyalari O‘zbekistonni mintaqaviy markaz sifatida ko‘ryapti va respublikadagi faoliyati orqali hamkorlik ko‘lamini butun Markaziy Osiyo hisobiga kengaytirishni xohlamoqda.

O‘zbekiston ma’muriy islohotlarga ham alohida e’tibor qaratib, samarali boshqaruv tamoyilini faol ilgari surmoqda. Latviyalik mutaxassislarning respublikaga qiziqishi yuqori, o‘zbekistonliklar ham birga ishlashga tayyor. Biz hamkorlarimizni barqaror iqtisodiy o‘sish, xususan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va Yevropa Ittifoqi me’yoriga mos standartni amaliyotga joriy etish orqali qo‘llab-quvvatlaymiz. Ayni jarayonda gender tenglikni ta’minlash orqali xotin-qizlar imkoniyatini oshirish, qishloq joylarida davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish muhim hisoblanadi. Bu barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlikni ifodalaydi.

Respublikaning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasidagi sa’y-harakati e’tirofga loyiq. 2023-2024 yillarda Latviya mahalliy va mintaqaviy boshqaruv idoralari assotsiatsiyasi “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatish va tabiatga moslashish bo‘yicha barqaror siyosatni rejalashtirish” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida qishloq xo‘jaligi sohasida bir necha yangi tashabbus ilgari surilgan. Ya’ni, O‘simliklarni himoya qilish davlat xizmati tomonidan “O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirish uchun fitosanitariya tizimini takomillashtirish” rejasi amalga oshirilmoqda.

Yana bir muhim tashabbus – Bulduri bog‘dorchilik maktabining “BioDigiSkills” loyihasi biotexnologiya va raqamli ko‘nikmani integratsiyalash orqali bog‘dorchilikni modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadini ko‘zlaydi. Bundan tashqari oziq-ovqat va veterinariya xizmati akvakultura sektorini mustahkamlashga yo‘naltirilgan loyihada ishtirok etyapti.

O‘zbekistondagi akvafermalar va baliqni qayta ishlash korxonalari rasmiy nazorat tizimini mustahkamlash, uskunalarning talabga muvofiqligini ta’minlash YeI standartiga moslashishga ko‘maklashadi. Bu Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xabardorligini oshirib, xalqaro bozorga chiqishni osonlashtiradi.

O‘zbekiston Latviya Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (CFCA) uchun pilot davlatga aylandi. Tuzilmamiz allaqachon YeI, GFR xalqaro hamkorlik jamiyati kabi xorijiy donorlar tomonidan moliyalashtirilayotgan turli loyihalarda ishtirok etib, samarali boshqaruv sohasini takomillashtirishga hissa qo‘shmoqda. Yevropa jamoasining Markaziy Osiyoda raqamli ulanish tashabbusini amalga oshirishga qaratilgan birinchi Ko‘p tomonlama hamkorlik shartnomasi (MPCA) imzolanishi bu yo‘ldagi jiddiy yutuqlardan biridir. Davlat korxonalari va xususiy sektorda raqamli ulanish xizmatidan foydalanish, jarayonda qishloq hududlariga va gender tenglikka alohida urg‘u berish ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz YeIning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish (BOMCA) dasturida ham faollik ko‘rsatyapti.

Bir so‘z bilan aytganda, Latviya O‘zbekistonning ko‘plab muhim sohalarda rivojlanishini muntazam qo‘llab-quvvatlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish tarafdori.

Muharrama Pirmatova yozib oldi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reynis Troksha: Latviya O‘zbekiston bilan transport logistikasi sohasida aloqalarni mustahkamlashga tayyor