Islohotlar davlat va jamiyatni bardavom taraqqiy etishini ta’minlaydigan vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosini qonun ustuvorligi, inson erkinligi va huquqlari oliy qadriyat sifatida muhofaza qilinishi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, adolat, insoniylik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy tamoyillar tashkil etadi.

25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Harbiy protsessual huquqi institutini tashkil etish va takomillashtirish muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda jinoyat protsessining barcha sub’ektlari qatorida harbiy xizmatchilarni ham harbiy jinoyat protsessi doirasida harbiy qism va muassasalarda amalga oshiriladigan protsessual harakatlarda ishtirokini ta’minlash, sodir etilgan jinoyat yuzasidan harbiy sirlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va harbiy xizmat o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar yuzasidan yarashuv institutini qo‘llash sohasidagi bir qator masalalar harbiy prokuratura va harbiy sudlarning rahbarlari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi harbiy sud, harbiy prokuratura, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari vakillari, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti, yuridik ta’lim beruvchi boshqa oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, taniqli pedagog-olimlar va professor o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Ma’ruza va chiqishlarda ko‘plab harbiy jinoyat protsessiga doir qiziqarli takliflar bildirildi. Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijalari asosida yangi harbiy jinoyat protsessi sohasini rivojlantirish yo‘lida faol foydalanish mumkin bo‘lgan tavsiyalar muhokama etildi.

Anjuman konstruktiv muloqot va o‘zaro hamjihatlikka asoslangan, hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.  

Muhammadjon Alimov,  

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti  

Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi