“Real”da yangi himoyaçi transferi böyiça fikrlar bölindi
Ayrim rahbarlar yuqori saviyada öynagan tajribali markaziy himoyaçini olib keliş tarafdori.
Madridning “Real” klubi kelasi yozgi transferlar oynasida markaziy himoyani kuçaytirişni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Biroq rahbariyat qanday xususiyatlarga ega futbolçini taklif etiş masalasida hali yagona töxtamga kelmagan. Bu haqda jurnalist Xorxe Pikon xabar berdi.
Manbaga köra, ayrim rahbarlar yuqori saviyada öynagan tajribali markaziy himoyaçini olib keliş tarafdori. Bunda David Alaba, Antonio Ryudiger va Ibrohima Konate transferlariga öxşaş yölda iş tutiş taklif qilinmoqda.
Rahbariyatning boşqa vakillari esa yoş va istiqbolli futbolçini taklif etiş zarur deb hisoblamoqda. Din Xyoysen hamda Eder Militao öz vaqtida aynan şu tamoyil asosida jamoaga olib kelingan.
Avvalroq “Real” yozda şartnomasi yakunlanadigan Antonio Ryudiger bilan xayrlaşişni rejalaştirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Raul Asensioning ham klubdan ketişi istisno etilmayapti.