Mourinyu boşchiligidagi “Real” La Ligada uyda ketma-ket 17 ta ğalabaga erişdi
17 ta ketma-ket uy ğalabasi — XXI asrda “Real”ni boşqargan murabbiylar orasida eng yaxşi körsatkiç.
Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 13-turida “Santyago Bernabeu” stadionida “Selta”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Jurnalist Pedro Martinning X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qilişiça, bu Joze Mourinyu boşchiligidagi jamoaning La Ligada öz maydonida qozongan ketma-ket 17-ğalabasi böldi.
Bahsning 6-daqiqasida Duran “Selta”ni oldinga olib chiqdi. Jud Bellingem 66-daqiqada hisobni tenglaştirdi, Espi esa 85-daqiqada madridliklarga ğalaba keltirgan golni urdi.
17 ta ketma-ket uy ğalabasi — XXI asrda “Real”ni boşqargan murabbiylar orasida eng yaxşi körsatkiç. Bu hisobga Mourinyuning klubdagi avvalgi faoliyati davrida, 2012/2013-yilgi mavsumda qayd etilgan ketma-ket 11 ta uy ğalabasi ham kiradi.
Luis Molovni 1985/1986-yilgi mavsumda xuddi şunday natijaga erişgan. Klub rekordi esa Migel Munyosga tegişli. Uning boşchiligida “Real” 1960–1962-yillarda chempionatda öz maydonida ketma-ket 22 ta uçraşuvda ğalaba qozongan.