Reabilitatsiyaga elektron yöllanma joriy etildi
Özbekistonda bir milliondan ziyod nogironligi bölgan insonlar yaşaydi. Ularning reabilitatsiya markazlariga yöllanma oliş jarayoni endi elektron tizim orqali qulay va şaffof böladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyi yakunlari böyiça mamlakatimizda amaldagi nogironlik holatlari soni 1 million 58 ming 398 nafarni taşkil etgan. Bu körsatkiç yil boşiga nisbatan 9 ming 978 nafarga yoki 0,9 foizga kamaygan. Bu raqamning öziyoq masalaning kölamini anglatadi: mamlakatda bir milliondan ziyod inson nogironlik bilan yaşamoqda. Demak, gap faqat tibbiy körsatkiçlar haqida emas, balki ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlar sifati, reabilitatsiya, bandlik va qulay muhit yaratiş kabi bir-biriga boğliq yönalişlar haqida ham bormoqda.
Nogironlik holatlarining 65,3 foizi, yaʼni 690 ming 619 nafari II guruhga töğri keladi. Bu esa amaldagi nogironlik holatlari tarkibida uşbu guruh salmoği yuqori ekanini körsatadi. Hududlar kesimidagi körsatkiçlar ham eʼtiborga molik. Respublika böyiça nogironlik koeffitsiyenti 2,7 foizni taşkil etgan. Eng yuqori körsatkiç Navoiy viloyatida — 4,4 foiz, Sirdaryo viloyatida esa 4,1 foiz qayd etilgan. Eng past körsatkiç Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, 2,1 foizni taşkil etgan.
Hisobot davrida 267 ming 311 nafar şaxsga nogironlik belgilangan. Şundan 25,1 foizi birlamçi, 74,9 foizi esa qayta körik natijasida aniqlangan. Ayniqsa, birlamçi nogironlik holatlariga sabab bölgan kasalliklar tarkibi eʼtiborni tortadi. Unda qon aylaniş tizimi kasalliklari 17,4 foiz bilan birinçi örinda, xavfli ösmalar esa 12,4 foiz bilan keyingi örinlardan birini egallagan.
Nogironlik körsatkiçlarini baholaşda muhimi - nogironligi bölgan şaxslar uçun tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati, sifatli reabilitatsiya, taʼlim oliş, munosib iş topiş va jamiyat hayotida teng iştirok etiş şaroitlari qay darajada taʼminlanayotgani. Çunki har bir statistik raqam ortida alohida inson, uning oilasi, ehtiyojlari va kelajakka bölgan umidi turibdi. Şu maʼnoda, nogironlik holatlarining kamayişi muhim körsatkiç bölsa-da, nogironligi bölgan insonlar hayot sifatining yaxşilanişi ham ijtimoiy siyosatning asosiy mezonlaridan biri bölib qolişi kerak.
Maʼlumotlarga köra, nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, ularning reabilitatsiya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va ortiqça ovoragarçiliklarni bartaraf etiş maqsadida yöllanmalar beriş jarayoni elektron şaklga ötkazilmoqda. Endilikda nogironligi bölgan şaxslar reabilitatsiya markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda, navbat asosida yöllanadi. Navbat markazlardagi mavjud böş örinlar hisobga olingan holda avtomatik şakllantiriladi.
Bundan taşqari yöllanma oliş uçun nogironligi bölgan şaxs yoki uning qonuniy vakili bir neçta qulay usuldan foydalanişi mumkin. Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoki bevosita oilaviy şifokorga murojaat qiliş mumkin. Bunda fuqaro reabilitatsiya xizmatini qaysi muassasada va qanday şaroitda olişni mustaqil tanlaydi. Xizmatlar hududiy yoki milliy reabilitatsiya markazlarida, ambulator yoxud statsionar şaroitda körsatiladi. Eʼtiborlisi, sörovnomani körib çiqiş, yöllanma beriş va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalaniş bepul amalga oşiriladi. Murojaat kelib tuşganidan söng oilaviy şifokor beş iş kuni içida tibbiy körik ötkazadi. Agar şaxsda belgilangan 569 ta tibbiy körsatmadan kamida bittasi mavjud bölsa va 26 ta qarşi tibbiy körsatmaning birortasi aniqlanmasa, yöllanma elektron şaklda rasmiylaştiriladi.
Reabilitatsiya xizmatlarining takroriy körsatilişi ham nogironlik muddatiga qarab belgilanadi. Jumladan, ambulator şaroitda yiliga 2–3-marta, statsionar şaroitda esa yiliga 1–2-marta xizmat oliş imkoniyati nazarda tutilgan. Yana bir qulaylik — fuqarolar öz navbatini real vaqt rejimida kuzatib borişi mumkin. Navbat kelişiga 10 kun qolganda esa ularga SMS-xabarnoma yuboriladi. Uşbu tartib reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanişda şaffoflikni taʼminlaş, navbatlarni elektron boşqariş va nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay şaroit yaratişga qaratilgan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA