Globallashuv davrida zamonaviy xizmatlar, aqlli, tezkor va raqamli mahsulotlarga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Hayotimizni sun’iy intellekt va gadjetlar kabi to‘rtinchi sanoatning eng so‘nggi yutuqlari qamrab olyapti. Bu esa iste’molchilarning talab va xohishlaridan kelib chiqqan holda takliflarni ilg‘or texnologiyalar bilan bog‘lash, ortiqcha harakat va xarajatsiz xizmatlarni ishlab chiqishga undamoqda.

Ayni vaqtda kompleks transformatsiya jarayonlarini olib borayotgan «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki ham ayni shu tendensiyadan kelib chiqqan holda o‘z faoliyatini “Digital – banking” formatiga o‘zgartirmoqda. Xususan, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning deyarli barchasi xorijiy andozalar, yangi dasturlarga almashtirilmoqda. Moliyachilar tili bilan aytganda «riteyl biznes» ya’ni chakana bozor yo‘nalishida jismoniy shaxslarga bir-biridan jozibador mahsulotlar taqdim etilyapti.  

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki ekspertlari bu haqda batafsil ma’lumot berdi.  Dastavval "MyTuron" ilovasi, uning imkoniyatlari, bugungi naqd – pulsiz hisob-kitoblar bozorida ilova taklif etayotgan qulayliklar borasida so‘z yuritildi.  

– Hech kimga sir emas, bugun mobil banking atamasi hayotimizning ko‘plab jabhalarida uchramoqda, – dedi «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki Chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari Eldor Vahobov. –Deyarli hech kim ehtiyojidan ortiqcha naqd pulni olib yurayotgani yo‘q. Albatta, bu o‘zbek moliya bozorining jahon tendensiyalariga yaqinlashib borayotganidan dalolat beradi. «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki ushbu tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan maydondagi trendlardan qolishmagan holda o‘zining mavjud mobil ilovasini ham vizual ham texnologik jihatdan yangiladi. Bu o‘zgarishlar bankdagi transformatsiya jarayonlari doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida amalga oshirildi. Bizning oldimizda turgan asosiy vazifa, eng avvalo, mavjud mijozlar bazasini yanada ko‘paytirish va an’anaviy bank taqdim etayotgan ko‘plab xizmatlarni smartfonlarga o‘tkazish edi. Oddiy qilib aytganda, mijozlar moliya muassasasiga kelmagan holda bank mijoziga aylanishi, o‘zining shaxsiy to‘lov kartasiga ega bo‘lishi hamda qisqa vaqt ichida kredit mablag‘laridan foydalanishi lozim edi. Ayni shu maqsadda biz muhim jihatlardan biri bo‘lgan ularning identifikatsiyadan o‘tishini zamonaviy “Face ID” texnologiyasi yordamida biriktirdik. Ya’ni, ilovaning o‘zida onlayn suratga tushib umumiy bazaga yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuningdek, ilovaning o‘zidan kartaga buyurtma berish, barcha to‘lovlarni amalga oshirish, mavjud kredit qarzdorliklarini so‘ndirish, kredit olish uchun arizalar qoldirish, onlayn omonat ochish va konversiya amaliyotlarini bajarish kabi 100 ga yaqin xizmatlarni ishga tushirdik. Bundan tashqari, bugun eng ommabop bo‘lgan onlayn mikroqarz xizmatini ham yo‘lga qo‘yib, uni rasmiylashtirish uchun ilovaning o‘zida bepul virtual “Humo” kartasini joriy etdik. Mijozlar ilovaga o‘zlarining Turonbankda ochilgan plastik kartochkalarini biriktirib ham ushbu kreditni olishlari mumkin bo‘ldi. Avvaliga ushbu kreditning muddati 12 oygacha bo‘lib, miqdori 10 million so‘m edi. Ayni vaqtda talabdan kelib chiqqan holda mazkur miqdorni 30 million so‘mgacha 24 oylik muddatga qadar ko‘tarmoqchimiz.  

Ilova dastlab, 2022 yilning noyabr – dekabr oylarida test rejimida ishga tushirildi. 2023 yilning boshiga kelib to‘liq quvvat bilan ishlashni boshladi va shu qisqa fursat ichida uni yuklab olganlar soni 80 mingga yaqinlashdi. Ta’kidlanganidek, hozirda ilovani yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.  

[gallery-11524]

Shuningdek, matbuot anjumanida jismoniy shaxslarga ajratilayotgan yangi kredit turlari va yuqori foizli omonatlar haqida ma’lumot berildi. Endilikda, rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar ham bankdan birgina pasport bilan avtokredit olishi mumkin.  

– bugungi kunda iste’molchilarning aksariyat qismi avtokreditlar bozorida faol ishtirok etmoqda, – dedi «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki Chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari Alisher Tolipov. – Ayni shu jihatni inobatga olgan holda bankimiz ham jismoniy shaxslar uchun bir necha turdagi qulay avtokreditlarni ishlab chiqdi. Xususan, biz aholining barcha qatlamini qamrab olish maqsadida nafaqat rasmiy daromadga ega bo‘lgan, balki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun ham kredit ajratishni boshladik. Ya’ni, «Imkoniyat» avtokrediti rasmiy daromadsiz birlamchi va ikkilamchi bozor uchun kredit muddati 4 yilgacha, boshlang‘ich to‘lov 36 foizdan, kredit foizi 25,9 foiz, kredit miqdori 900 million so‘mgacha ajratiladi. Shu bilan birga rasmiy daromad bilan birlamchi va ikkilamchi bozor uchun kredit muddati 5 yilgacha, boshlang‘ich to‘lov 10 foizdan, kredit foizi 24,9 foiz, kredit miqdori 900 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladi. Shuningdek, ”EcoGreenCar“ elektromobillar uchun avtokreditlar rasmiy daromadsiz birlamchi va ikkilamchi bozor uchun kredit muddati: 4 yilgacha, boshlang‘ich to‘lov 36 foizdan, kredit foizi 25 foiz, kredit miqdori 600 million so‘mgacha, rasmiy daromad bilan birlamchi va ikkilamchi bozor uchun kredit muddati 4 yilgacha, boshlang‘ich to‘lov 20 foizdan, kredit foizi 25 foizni, kredit miqdori 600 million so‘mgacha ajratiladi. Eng muhimi rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar birgina pasportning o‘zi bilan avtokredit olishlari mumkin.  

Yana bir ma’lumot, bank tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan litsenziyaga ega fuqarolar uchun ham maxsus "Avto Self“ avtokrediti ishlab chiqilgan. U orqali eski mashinalarda yuk tashib yurgan fuqarolar rasmiy daromadga ega bo‘lmay turib birlamchi va ikkilamchi bozordan yengil yuk mashinalarini (2,5 tonnagacha) kreditga olishlari mumkin bo‘ladi. ”Avto Self" birlamchi va ikkilamchi bozordagi yengil yuk mashinalari uchun kredit muddati 4 yilgacha, boshlang‘ich to‘lov esa 36 foizdan, kredit foizi 25 foizni tashkil etadi. Kredit miqdori 300 million so‘mgacha ajratiladi.  

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, Avtokreditlar bozorida «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki taklif etayotgan yana bir unikal mahsulot bu ko‘pchilikning muammosidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Ya’ni, odatda yangi avtomashina olayotgan fuqaro o‘zi tanlagan mashina narxining 50 foizini boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘laydi. Qolgan 50 foizi esa avtomobil taqdim etilganda to‘lanadi. Ko‘pchilik mijozlar banklarga shu qolgan 50 foizini to‘lash uchun kredit so‘rab keladi va rad javobini oladi. «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining yangi avtokredit mahsuloti esa mana shunday holatlar uchun ham endi kredit ajratadi. Bunda fuqarolardan hech qanday boshlang‘ich to‘lov va rasmiy daromad talab etilmaydi. Ular belgilangan muddatda qolgan 50 foizi uchun olgan kreditlarini bo‘lib to‘layveradi.  

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan fuqarolarga «Iste’mol krediti», «Ta’lim krediti», «Birlamchi bozor uchun ipoteka krediti», «Mikroqarz», «Sayohat uchun kredit», «Quyosh panellari uchun ekopanel krediti» va «Sog‘liqni tiklash uchun kredit»lar taqdim etilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.  

Shahnoza Mamaturopova, Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar ham Turonbankdan avtokredit olishi mumkin