Rasman: Qatar terma jamoasi futbolchisi 5 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
Ko'ngilsiz voqea guruh bosqichi doirasidagi Kanada Qatarni 6:0 hisobida tor-mor etgan uchrashuvda sodir bo'lgan edi.
Qatar terma jamoasi a'zosi Assim Madibo JCH-2026 o'yinida yo'l qo'ygan qo'pol folidan so'ng uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga uchradi.
Ko'ngilsiz voqea guruh bosqichi doirasidagi Kanada Qatarni 6:0 hisobida tor-mor etgan uchrashuvda sodir bo'lgan edi. O'yinning 51-daqiqasida Madibo raqibga qarshi juda qo'pol podkat ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan. Ushbu foldan so'ng kanadaliklar yarim himoyachisi Ismael Kone og'ir jarohat olib, uning katta va kichik boldir suyaklari singani ma'lum bo'ldi.
FIFA Tartib-intizom qo'mitasi ushbu qoidabuzarlikni "o'ta qo'pol o'yin" deb baholadi va Madiboga 5 ta o'yinga chetlatish jazosini tayyinladi. Mazkur qaror ustidan apellyatsiya berish imkoniyati mavjud.
Uchrashuv yakunlangach, Madiboning o'zi og'ir jarohat olgan raqibidan shaxsan uzr so'ragan. Ma'lumot uchun, Qatar terma jamoasi turnirdagi ishtirokini yakunlab ulgurgan.