Ekvador Germaniyani, Kot-d’Ivuar esa Kyurasaoni mag‘lub etdi
Uchrashuvlar yakunlandi.
Jahon chempionatining so‘nggi tur bahslari davom ettirilmoqda.
Bugun “E” guruhida ham 3-tur o‘yinlari davom etdi.
Kyurasao 0:2 Kot-d’Ivuar
Dastlabki ikki turda chiroyli o‘yinlar namoyish etib, 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan Kot-d’Ivuar terma jamoasi guruh autsayderi Kyurasao bilan bahs olib bordi. Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Bahsning 7-daqiqasida Nikolas Pepe hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Pepening o‘zi dublni rasmiylashtirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ekvador 2:1 Germaniya
Nemis mashinasi so‘nggi turda Ekvadorga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda tezkor gol urildi. 2-daqiqaning o‘zidayoq Germaniya terma jamoasi vingeri Leroy Sane gol urib hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, raqib ham javob golini urishning uddasidan chiqdi 1:1. 77- daqiqaga kelib esa Gonsalo Plata Ekvadorga g‘alaba keltirgan golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Yakuniy hisob 2:1 Ekvador g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Germaniya 6 ochko bilan birinchi, Kot-d’Ivuar 6 ochko bilan ikkinchi, Ekvador esa 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etdi.