Innovatsion rivojlanish agentligida Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi boshqaruvi direktori Dongryul Kim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida Koreya hukumatining tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan Raqamli ishlab chiqarish texnologiyalari markazini tashkil etish loyihasiga rasman start berildi. Ushbu loyiha 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 8 million AQSH dollarini tashkil etadi va Koreya hukumatining tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisoblanadi.

Unga ko‘ra, texnoparkka Koreya hukumatining tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari hamda jihozlari olib kelinib, innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.


Loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Farg‘ona yoshlar texnoparkida amalga oshiriladi. Bunda texnopark uchun zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari hamda jihozlari olib kelinib, innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratiladi. Shuningdek, loyiha doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar Koreya Respublikasidagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishishlari, malaka oshirishlari va tajriba almashishlari rejalashtirilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA