Raqamli davrda kitobxonlik madaniyati muhokama qilindi
Buxoro axborot-kutubxona markazida «Kutubxona – mutolaa va tafakkur markazi: raqamli davrda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş» mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Tadbirda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Markaziy közi ojizlar maxsus kutubxonasi, Özbekiston Milliy arxivi hamda axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari iştirok etdi.
Muloqotda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan şaroitda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoşlarning intellektual salohiyati va mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş masalalariga eʼtibor qaratildi. Anʼanaviy mutolaani raqamli imkoniyatlar bilan uyğunlaştiriş, kutubxonalar faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillaştiriş muhimligi taʼkidlandi.
Davra suhbatida kutubxona fondlarini markazlaştirilgan depozitar saqlaş tizimini taşkil etişning taşkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslari muhokama qilindi. Özbekiston kutubxonalar konsorsiumini tuziş istiqbollari, raqamli axborot resurslarini şakllantiriş va ulardan samarali foydalaniş yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, axborot-kutubxona muassasalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, fondlarni samarali boşqariş va kitobxonlarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş masalalari körib çiqildi.
[gallery-32562]
Taʼkidlanganidek, zamonaviy kutubxonalar aholining işonçli axborotga bölgan ehtiyojini qondiriş, mutolaaga qiziqişini kuçaytiriş va maʼnaviy dunyosini boyitişda muhim örin tutadi. Raqamli resurslar va elektron xizmatlarni rivojlantiriş esa ularning imkoniyatlaridan keng foydalanişga şaroit yaratadi.
Tadbir iştirokçilari sohadagi mavjud tajribalar bilan örtoqlaşib, axborot-kutubxona xizmatlarini takomillaştiriş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA