Jamiyat, ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlari rivojida raqamlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. bugungi kunga kelib raqamlashtirish har bir sohada katta ehtiyoj, kechiktirib bo‘lmaydigan muhim masalalardan biriga aylandi.

Ana shundan kelib chiqib keyingi yillarda  mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida raqamlashtirish jarayoni oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlaridan boshlandi. Yurtimizdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida HEMIS axborot tizimi joriy etildi. 

Ushbu axborot tizimi jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ushbu tizimni yaratish, o‘quv jarayonini tashkil qilishda talabaning mustaqil ta’lim olishidan tortib, har bir fan yoki laboratoriya mashg‘ulotini o‘zlashtirish ko‘rsatkichigacha bo‘lgan barcha jarayonlar inobatga olingan. Bir so‘z bilan aytganda, raqamli texnologiyalar talabalarni axborot bilan ta’minlash, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda vaqt va makon cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam bermoqda.  

Ayni kunda Andijon davlat universitetida barcha jarayonlarni raqamlashtirish, abituriyentlar va talabalarga hamda professor-o‘qituvchilarimizga qulay sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Xususan, dasturchi xodimlarimiz tomonidan universitet ish faoliyati va o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi qator  tizim va dasturlar ishlab chiqilib,  amaliyotga tatbiq etilmoqda.  

Ishlab chiqilgan adukaryera.uz platformasi orqali talabalar respublika miqyosida bo‘sh vakansiyalar bilan tanishishi, o‘zi haqidagi so‘rovnomani platformaga joylashi, shu bilan bir qatorda ish beruvchilar ham platformada o‘zlarining bo‘sh vakansiyalarini e’lon qilishi hamda talabalar tomonidan qoldirilgan rezyumelar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Platformaga joylashtirilgan ma’lumotlar ish beruvchilar va talabalarga ma’lumot almashish, o‘zaro muloqot qilish imkonini yaratib beradi.  

talaba24.adu.uz veb sahifasiga talabalarga ijaraga beriladigan uylar haqidagi ma’lumotlar (manzili, ijaraga beruvchining telefon raqami, ijara shartlari, ijaraga berilayotgan xonadondagi shart-sharoitlar, narxi) joylab boriladi. Ushbu sahifa talabalarga o‘zlariga qulay, ma’qul bo‘lgan ijara uy topishlariga yordam beradi. Bundan tashqari, sahifada onlayn kutubxona imkoniyatidan foydalanish, universitet hududiga yaqin oshxonalar, oshxonadagi taomlar turi va narxlari, registrator ofisidan foydalanish, ishga takliflar, universitetdagi o‘quv kurslari, avtobus, poyezdlar harakati bo‘yicha ham ma’lumotlar olishlari mumkin bo‘ladi.

Universitetda kpi.adu.uz platformasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida Andijon davlat universitetining pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish va baholash mezonlarini onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi. Platformani ishga tushirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, chuqur kasbiy bilim va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyat, axloqiy fazilatlarga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.  Platformada pedagog xodimlar faoliyati, o‘quv va o‘quv-uslubiy, ilmiy va innovatsiyalarga oid, shuningdek, xalqaro hamkorlikka oid, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, mehnat va ijro intizomiga rioya etish holati ballar asosida avtomatik tarzda baholab boriladi.

olimpiada.adu.uz platformasi orqali viloyatimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari kimyo, biologiya, axborot texnologiyalari va fizika fanlaridan o‘tkaziladigan universitet olimpidasiga onlayn ariza topshirishlari mumkin. Ushbu platforma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2020 yil 6 oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hamda 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida universitet olimpiadasini o‘tkazishda viloyatdagi maktab o‘quvchilariga qulayliklar yaratish va ularni olimpiadalarga kengroq jalb etish maqsadida ishga tushirilgan.  

hamkor.adu.uz sahifasi orqali qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hamda xorijiy abituriyentlar uchun onlayn hujjat topshirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.  

Maktab bitiruvchilari uchun “Kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish” bo‘yicha tashkil etilgan onlayn o‘quv kurslarida tahsil olishi, test sinovi topshirishi, kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar QR code bilan himoyalangan sertifikat taqdim etish hamda sertifikatlar umumiy bazasini shakllantirib borish uchun ishlab chiqilgan kurs.adu.uz platformasi ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.  

Shuningdek, talabalar uchun jadval.adu.uz – Hemis tizimi bilan integratsiyalashgan dars jadvali platformasi ishlab chiqilib, joriy etilgan. Bundan tashqari, milliy reyting tizimi bo‘yicha kafedralar, fakultetlarning reyting natijalari va ularni asoslovchi hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha reyting.adu.uz – dasturiy platformasi ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilmoqda.

Universitetimizda turli fan yo‘nalishlarida qator mobil ilovalar yaraatilgan bo‘lib, pedagog va talabalarimizga qator qulayliklar yaratish bilan birga, raqamlashtirish jarayonini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Masalan, “Diagnostik madaniyat” mobil ilovasi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yo‘nalishi mutaxassislarining diagnostik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga, “Kompyuter grafikasi” ilovasi esa zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimiga asoslangan holda nazariy materiallar hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar, bilimlarni nazorat qilish uchun nazorat savollari va namunaviy test savollari hamda glossariylardan iborat “Kompyuter grafikasi” fanini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan.  

Umuman, universitetda bu kabi “Psixologik anketa”, “Interaktiv matematika”, “Chiziqli algebra”, “Mantiqiy masalalar”, “Oila huquqi” sigari 20 dan ziyod mobil ilovalar ishga tushirilgan bo‘lib, ularning deyarli barchasi Play marketga joylashtirilgan.  

Universitetimiz raqamli ta’lim texnologiyalari markazining servis.adu.uz veb sayti orqali yuqoridagi mobil ilovalar bilan batafsil tanishish hamda yuklab olish mumkin. Mobil ilovalardan foydadanish bepul.  

Uzluksiz ta’lim tizimi – ta’limning sifat darajasini yuqori darajaga ko‘tarishdek mashaqqatli davrni boshidan kechirayotgan bugungi kunda faoliyatimizga raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlash, balki, jamiyat rivojini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Raqamli ta’lim texnologiyalari orqali raqamli iqtisodiyot poydevorini bunyod qilish va mustahkamlashga qaratilgan ishlarimizni izchil davom ettiramiz.  

Bir so‘z bilan aytganda, raqamlashtirish jarayoni faoliyatimiz samaradorligi, ta’lim sifati, shaffoflik va hudud xavfsizligini ta’minlashda, o‘qituvchi va talabalarga qulaylik yaratish barobarida keng imkoniyatlar yaratib beradi.  

Madaminjon MAHKAMOV,

Andijon davlat universitetining

Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori,

texnika fanlari nomzodi, dotsent.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamlashtirish — ta’lim sifati va shaffoflikni ta’minlaydi