Ranglarda aks etgan hayot falsafasi
Poytaxtimizda Özbekiston xalq rassomi, akademik Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli şaxsiy körgazmasi oçildi.
Özbekiston Badiiy akademiyasi, Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida taşkil etilgan mazkur madaniy tadbirda taniqli sanʼatşunoslar, musavvirlar, adabiyot va madaniyat namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda tasviriy sanʼat ixlosmandlari iştirok etdi.
[gallery-32590]
Tadbirda sözga çiqqanlar Javlon Umarbekovning zamonaviy özbek tasviriy sanʼati rivojiga qöşgan ulkan hissasini alohida eʼtirof etdi.
Taʼkidlanganidek, mohir musavvir ijodida Şarq miniatyura sanʼatining nafis anʼanalari va jahon tasviriy sanʼatining ilğor tamoyillari öziga xos falsafiy uyğunlik topgan. Rassomning har bir asari tomoşabinni çuqur muşohada yuritiş, inson va borliq mohiyatini anglaşga undaydi. “Absurdlar” nomli ekspozitsiyadan rassomning sönggi yillarda yaratgan yangi rangtasvir va grafika asarlari örin olgan.
Uşbu polotnolarda bugungi davrning murakkab voqeliklari, inson ruhiyatidagi ziddiyatlar hamda hayot falsafasi öziga xos ramziy va metaforik talqinlar orqali aks ettirilgan.
Ijodkor odatiy qaraşlardan çekingan holda, ranglar va şakllar vositasida teran maʼno-mazmun ifodalaşga erişgan. Körgazma iştirokçilari taqdim etilgan asarlarning badiiy saviyasi, noodatiy kompozitsion yeçimlari va çuqur ğoyaviy yukini yuqori baholadi.
Mutaxassislarning qayd etişiça, mazkur badiiy körgazma poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uçun milliy tasviriy sanʼatimizning yangi qirralari bilan tanişiş imkonini beradi.
Gulnoza Boboyeva,
Oybek Pardayev (surat),
ÖzA