Bolajonlarning sevimli tarbiya maskani
Namangan viloyati qöğirçoq teatri 2024-yil 10-fevralda Özbekiston Xalq şoiri Iqbol Mirzoning tarixiy asari asosida rejissyorlar Akmal Törayev va Elmurod Yölçiboyevlar tomonidan sahnalaştirilgan “Alişerbek va Husayn”spektakli bilan oçilgan.
Taʼlim-tarbiya jarayonining samarali vositalaridan biri hisoblangan qöğirçoq teatri bolalarning tasavvuri, ijodkorligi, nutqi va fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega. Qöğirçoqlar orqali namoyiş etilgan ertak va sahna körinişlari kiçkintoylarni yaxşilik, mehribonlik, döstlik, halollik hamda kattalarni hurmat qilişdek ezgu fazilatlarga örgatadi.

Eʼtirof etiş joiz, Prezidentimizning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi örni va taʼsirini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni Namangan viloyatida qöğirçoq teatri taşkil etilişiga huquqiy asos böldi. Davlat byudjetidan ajratilgan salkam 19 milliard söm mablağ evaziga zamonaviy sanʼat koşonasi barpo etilib, sanʼatsevar bolajonlarga çinakam tuhfa taqdim qilindi.

Bugungi kunda viloyat qöğirçoq teatrining umumiy repertuarida tarixiy, milliy, zamonaviy yönalişdagi 12 ta spektakl mavjud. Xususan, davlat buyurtmasi asosida özbek xalq ertagi Nargiza Mahkamovaning insenirovkasi asosida “Zumrad va Qimmat”, Nurillo Abbosxonning fantastik dramasi davlat buyurtmasi asosida “Ona tabiat va Janob Metal”, yoş dramaturg Davlatillo Ğoziyevning fantastik ertak janridagi “Vertual duşman” asari, Çernişevning “Tipratikan va Quyonoyning sarguzaştlari”, Esonboy Örinovning “Gul va bulbul” hamda Suponinning “Badjahl quyonça”, Irina Lukyanovaning “Karvonsaroy”, Munojat Ergaşeva asari asosida tarixiy janrdagi “Javohir tabib yoxud Ibn Sino”, Vladimir Orlovning “Oltin jöja” va Bunyod Abduğaffarov qalamiga mansub “Örmon qirolligi”, Nina Ernetning “Ğoz jöjasi” asarlari asosida spektakllar sahnalaştirildi.

Ayni kunlarda boş rejissyor Akmaljon Törayev saʼy-harakati bilan “Viz-vizjon” hamda qardoş Turkiya jumhuriyatidan taklif etilgan taniqli rejssiyor Nurxan Uslu tomonidan rangli soya janrida yangiça, zamonaviy talqinda “Kiçik qora baliq” spektakllari sahnalaştirildi.

– Teatrimiz ijodiy jamoasi respublikamizda eng yoş bölişiga qaramay, barça yönalişlardagi körsatkiçlarni bajariş va yaxşi natijalarni qölga kiritiş uçun astoydil intilmoqda, – dedi Namangan viloyati qöğirçoq teatri direktori Ozoda Usmonova. – Mamlakatimiz rahbarining 2023-yil 25-dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat körsatiş darajasini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida ötgan davr maboynida Navoiy, Jizzax, Toşkent, Buxoro, Samarqand, Andijon va Farğona viloyatlariga ijodiy safarlar uyuştirildi. Qolaversa, Uyçi, Norin, Namangan, Yangi Namangan, Davlatobod, Çust, Kosonsoy, Yangiqörğon, Uçqörğon, Töraqörğon, Mingbuloq tumanlari va Namangan şahridagi maktab öquvçilari va maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari, şuningdek, teatrga kelgan yoş tomoşabinlarga spektakllar namoyiş etib kelinmoqda.

Teatr jamoasining xalqaro darajadagi hamkorligi tufayli 2025-yil may oyida Tojikiston Respublikasining Xöjand viloyatida “Ona tabiat va janob Metal” spektakli hamda 2026-yil iyun oyida “Örmon qirolligi” spektakli, 2025-yil oktabr oyida Qirğiz Respublikasining Öş viloyatiga hamda 2026-yil iyun oyida Qozoğiston Respublikasining Çimkent viloyatida “Ona tabiat va janob Metal” spekakllari namoyiş etildi.

Bundan taşqari, Respublika Madaniyat vazirligi boşçiligida teatrda “Gender tenglik-erkak va ayol teng xuquqliligi” mavzusida respublika seminari, rejissyor va aktyorlar mahoratini yanada yuksaltiriş maqsadida “Rejissyor-rassom-kompozitor” tamoyili asosida Özbekiston sanʼat arbobi, professor, rejissyor Karim Yöldoşev ijodiga bağişlangan “Sermazmun ijod” mavzusida xotira keçasi, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Fatxulla Xöjayev, rassom Zavqiddin Yodgorov iştirokida mahorat darslari taşkil etildi.

Teatr taşabbusi bilan şu yil iyun oyida yoşlarning maʼnaviy, estetik va intellektual sohalaridagi ehtiyojlarini qondiriş borasida teatrlarining qöğirçoq va ertak qaxramonlari iştirokidagi musiqiy çiqişlaridan iborat "Puppets show" loyihasi Namangan şahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat boğida katta bayram sahnasida tomoşabinlarga namoyiş etildi. Unda Qozoğiston Respublikasining Çimkent davlat qöğirçoq teatri hamda Samarqand va Namangan viloyatlari qöğirçoq teatrlari jamoalari iştirok etdi.

Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri