O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojonning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo atoqli shoir Ramz Bobojon agar hayot bo‘lganida shu kunlarda 104 yoshni qarshi olishini ta’kidladi.

–Shoirning ikkinchi umri uning go‘zal she’rlarida, asarlarida davom etmoqda, – dedi Minhojiddin Mirzo. – Uning "El bilan yashagim keladi", degan so‘zlari nainki yangroq satrlarida, balki she’riyat muxlislarining ham qalbida yashamoqda.

–Yangi kitoblar ijodkorni yanada ko‘proq mas’uliyat bilan ijod qilishga undaydi, – dedi ustoz jurnalist, "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev. – Ayni paytda adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlar xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish borasida ham katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Ko‘plarimiz Ramz Bobojondan saboq olganmiz, birga ishlaganmiz. Endi o‘zimiz ham ustozlik maqomiga yetganimizda ularning yorug‘ so‘zlari, xotiralarini eslaymiz. Mustaqillikning dastlabki o‘ta murakkab davrida ustoz ijodkorlarning nasihatlari, vazminligi, maslahatlari juda qo‘l kelgan. Ramz aka o‘z asarlarida dolzarb mavzularni ko‘targani diqqatga sazovor.

[gallery-22034]

Adabiy anjumanda e’tirof etilganidek, O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg va tarjimon Ramz Bobojon 1921 yil Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topdi. Dastlab Ta’lim va tarbiya bilim yurtida, so‘ngra Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti)ning til va adabiyot fakultetida tahsil oldi. 

Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida boshlagan ijodkor keyinchalik radioqo‘mitada muharrir, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda direktor bo‘lib ishladi. 

Ko‘p yillar Ramz Bobojon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, “Vatan” jamiyati rahbari lavozimida xizmat qildi.

Ramz Bobojon sermazmun ijod yo‘lini bosib o‘tdi. Shoirning ilk to‘plami 1939 yili nashr etilgan. Qariyb yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida Ramz Bobojonning o‘ttizga yaqin she’riy kitoblari, jumladan, “Hadya”, “Oltin kamalak”, “Vodiy bo‘ylab”, “Sevgi sirlari”, “Senga, sevgilim”, “Birinchi parvoz”, “Muhabbatga ta’zim”, “Sening mehring” singari majmualari, “Saylanma asarlar” kabi kitoblari adabiyot muxlislariga taqdim etildi.

Zamonaviy o‘zbek dostonchiligida Ramz Bobojon qalamiga mansub “Obi hayot” asarining alohida o‘rni bor. Bu dostonda atoqli shoir xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, do‘stlik tuyg‘usini ulug‘lagan. Uning she’r va dostonlari bir qator xorijiy tillarga tarjima qilinib, chop etilgan.

Ramz Bobojon dramaturg sifatida ham faol ijod qildi. Uning “Tog‘a va jiyanlar” komediyasi, “Yusuf va Zulayho” dramasi tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘lib, teatr san’atimiz tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi.

U jahon adabiyotining mumtoz namunalarini, jumladan, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Tvardovskiy, Tixonov singari rus shoirlarining she’r va dostonlarini, Ibsen, Mixalkov, Hazriy dramalarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qildi.

Ramz Bobojon mustaqillik yillarida hozirjavob publitsist sifatida o‘zining badia va maqolalari bilan istiqlolimizni tarannum etishga munosib hissa qo‘shdi.

Ramz Bobojonning o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi katta xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilgan. U “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni va “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramz Bobojonning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti o‘tkazildi