Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Talabalar shaharchasida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
"Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimi Farrux Temirov hamda O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Tunis Hojiyev ishtirok etgan uchrashuvda talabalar fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy suhbat olib borildi.

Tadbir doirasida “Amir Temur oyligi” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, professor Muhabbat Hamidova hamda dotsent Saxovat Zohidova o‘z ma’ruzalari orqali yoshlarda milliy tarixga hurmat va qiziqishni oshirish, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida muhim fikrlar bildirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA