FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlarga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
[gallery-25048]
Navbatdagi ko‘rgazmali seminar Vobkent tumani hamda Buxoro shahridagi yirik to‘qimachilik korxonalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarining natijadorligi bo‘yicha tahlillar asosida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanib kelayotgan ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari ekologik, zararsiz quyosh panellarini o‘rnatish orqali samarali natijalarga eshirayotgani borasida so‘z yuritdi.
Yakunda quyosh panellarini o‘rnatishda qulay imkoniyat va sharoitlarni yaratish bo‘yicha taklif va tafsiyalar bildirildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA