Xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu fazilati, milliy qadriyati ifodasi bo‘lmish muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida Guliston tuman hokimi tashabbusi bilan tuman hududida istiqomat qilayotgan ijtimoiy yordamga muhtoj, nogiron va yakka-yolg‘iz fuqarolar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

«Mahalla» xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati Guliston tuman bo‘linmasi huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 10 million so‘m pul mablag‘i hisobiga  o‘n turdagi oziq-ovqat mahsulotlari keltirildi. Ushbu mahsulotlar sektor xodimlari tomonidan ehtiyojmand 25 nafar fuqaroga  yetkazib berildi.

- Qaramog‘imda ikki nafar farzandim bor, - deydi «Beshbuloq»lik Gulbahor Qodirova. - Bayram quvonch bilan o‘tadigan bo‘ldi. Ilohim, yurtimiz tinch, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan, men singari insonlarga ko‘rsatilayotgan xayrli va savobli ishlar bardavom bo‘lsin.

Bundan tashqari, "Temir daftar" ro‘yxatida turgan, sog‘ligida muammosi bor fuqarolarning salomatligini tiklash,  moddiy ahvoli og‘ir, ammo yordamga muhtoj bo‘lgan 23 nafar  fuqaroni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam ko‘rsatish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashining qaroriga asosan Qurbon hayiti bayrami arafasida fondning "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 96 million 846 ming so‘m pul mablag‘i ajratildi.

Og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalar, ish o‘rnini yo‘qotgan va daromad manbasidan ayrilgan fuqarolar uchun  ko‘rsatilgan e’tibor, ular uchun  ayni muddao bo‘ldi. Xayriya va saxovat tadbirlari nafaqat  Qurbon hayiti arafasida, boshqa vaqtlarda ham izchil davom etadi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurbon Hayiti munosabati bilan ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatildi