Toshkent shahrida "El-yurt umidi" jamg‘armasi vakillari hamda Buyuk Britaniyaning "Queen Mary University of London" universiteti Xalqaro talabalar qabuli bo‘yicha menejeri Diana Banks o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda jamg‘arma ijrochi direktorining o‘rinbosari v.b. Javohir Ahmedov mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish va ilmiy-tadqiqot olib borish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, "Queen Mary University of London" bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv yakunida universitet tomonidan "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari uchun 2025 yildan boshlab o‘qish xarajatlariga 20 foizlik chegirma taqdim etilishi e’lon qilindi. Hozirda mazkur universitetda 22 nafar jamg‘arma stipendiati tahsil olmoqda.

Tomonlar, shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda qisqa muddatli va gibrid shakldagi kurslarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar:

— Dasturiy muhandislik va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;  

— Sun’iy intellektni amaliy qo‘llash;  

— Kiberxavfsizlik;  

— Ma’lumotlar bazasi muhandisligi;  

— Operatsion tizimlar administratori;  

— Muhandislikning boshqa zamonaviy yo‘nalishlari.  

Shuningdek, universitet professorlari ishtirokida O‘zbekistondagi talabalar va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturlarini tashkil etish ham rejalashtirilmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekiston yoshlari uchun universitetda ta’lim olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: "Queen Mary University of London" 1882 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniyaning qirolichasi Meri Tek nomi bilan atalgan. Universitetda 23 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, ulardan 30 foizini xorijlik talabalar tashkil etadi. Universitet Britaniyada xorijlik talabalar soni bo‘yicha 2-o‘rinda, aerokosmik muhandislik sohasida esa 1-o‘rinda turadi. QS xalqaro reytingida 120-o‘rinni egallagan mazkur dargoh 9 nafar Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan.

Tomonlar uchrashuv yakunida yuqoridagi barcha takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama qo‘shimcha kelishuvni imzolashga kelishib oldilar.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Queen Mary University of London" o‘zbekistonlik talabalar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi