O‘zbekistonning Londondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov Birlashgan Qirollikning nufuzli “Dukes Education” ta’lim tashkiloti direktori Tim Fish bilan uchrashdi.

Mazkur tashkilot 30 dan ortiq ta’lim muassasalari, jumladan, maktablar, kollejlar, bolalar bog‘chasi va o‘quv markazlarini birlashtiradi. Bularga Cardiff Sixth Form College, Oxford Sixth Form College, Rochester Independent College va boshqa mashhur ta’lim muassasalari kiradi. 

Bugun tarmoq nafaqat Buyuk Britaniya, balki Shveysariya, Irlandiya, Ispaniya va Portugaliyada ham faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, tashkilot talabalarni dunyoning yetakchi universitetlari, jumladan, AQSHDagi “Ivy League Schools” ta’lim dargohlariga kirishlariga ko‘maklashadi. 

Muzokaralar chog‘ida Britaniya tomoni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, mamlakatimizdagi nafaqat davlat universitetlari, balki xususiy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. 

A.Alimova tayyorladi, 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyaning mashhur ta’lim tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi