Qozog‘iston sun’iy yomg‘ir texnologiyasidan foydalanadi
16-may kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yog‘ingarchilikni sun’iy ravishda ko‘paytirish loyihasi ishga tushirilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Qozog‘iston shunday tizimdan foydalangan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat ekani ta’kidlangan tadbirda ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus mintaqadagi qishloq xo‘jaligi yerlariga qurg‘oqchilik va suv tanqisligi ta’sirini yumshatishga qaratilgan.
Shuningdek, 5 km radiusda ishlaydigan mazkur texnologiya mahalliy ta’sirga egaligi, keng ko‘lamli ob-havo hodisalari yuz berishiga olib kelmasligi ta’kidlangan.
Xalqaro hisob-kitobga ko‘ra, sun’iy qurilmalar yog‘ingarchilikni tabiiy darajaga nisbatan 10-20 foiz oshirishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA