“Kazinform” xalqaro axborot agentligi Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanat Kushkumboyevning Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligi istiqbollari borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

2017 yilda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqqani, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar faollashgani, bu esa O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining amalga oshirgan samarali tashriflari, oliy darajada o‘tkazilgan ko‘plab uchrashuvlar mahsuli ekanligini ta’kidlagan S.Kushkumboyev. Shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgani, Prezidentlar bu ko‘rsatkichni 2020-yilgacha 5-milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘yganini ham qayd etgan u.

“O‘zbekistonning 32 millionga yaqin aholisi bor. Bu ulkan va keng ko‘lamli bozor, mehnat resurslari degani. Shuningdek, mamlakatning qulay iqlim sharoiti yil bo‘yi meva va sabzavot yetishtirish imkonini beradi. Shu bilan birga O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasida yuqori salohiyatga ega. Nafaqat yengil avtomobillar, balki yuk va yo‘lovchi tashuvchi texnikalar ham ishlab chiqarilmoqda. Ayni vaqtda O‘zbekiston o‘z hududini sanoatlashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Deyarli har bir hududda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilinayotir” deya eskpert Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda ayni shu jihatlarga e’tibor qaratish lozimligiga to‘xtalgan.

“Mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va mustahkamlash borasida ham Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishi zarur. Aslida bu masalada mamlakatlarimiz bir qayiqda” deya S.Kushkumboyev xulosa qilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonlik ekspert: Mamlakatlarimiz bir qayiqda