Qöşimça texnikalarga ehtiyoji bor tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda lizing bozorini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini oşiriş, lizing munosabatlarini huquqiy jihatdan aniq tartibga soliş va şartnoma şartlarining şaffofligini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişida muhokama qilingan “Lizing töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga qöşimça va özgartirişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi ayni şu maqsadlarga qaratilgan.
Qayd etilganidek, uşbu qonun loyihasida yakka tartibdagi tadbirkorlar lizing oluvçi bölgan hollarda lizing obʼektini hisobga olişning öziga xos xususiyatlari, lizing şartnomasi doirasida obʼektga bölgan huquqlarni amalga oşiriş tartibi, amortizatsiyani qöllaş hamda lizing obʼektidan foydalanişdagi çeklovlarga oid şartlar belgilanmoqda.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi öz işini yölga qöygan, lekin faoliyatini kengaytiriş uçun qöşimça texnika, uskuna yoki transport vositasiga ehtiyoj sezayotgan tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar ham lizingdan foydalanişda yuridik şaxslar kabi huquqqa ega bölişlari mumkin.
Şuningdek, loyihada lizing obʼektiga bölgan egalik qiliş, undan foydalaniş va uni tasarruf etiş huquqlarini amalga oşiriş tartibi ham aniq belgilanmoqda.
Muhokamalarda fraksiya aʼzolari loyihadagi normalar yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun lizing xizmatlaridan foydalanişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş, şartnomaviy munosabatlarda aniqlik va şaffoflikni taʼminlaş hamda tadbirkorlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişini alohida qayd etdi.
M.Komilova,
ÖzA