Qoraqalpog‘istonlik sportchi AQSH universitetiga o‘qishga qabul qilindi
Qoraqalpog‘istonlik mashhur qilichboz Nargiza Jaqsibayeva Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan The Pennsylvania State University universitetiga o‘qishga qabul qilindi.
Hamyurtimiz qilichbozlik bo‘yicha uch karra Osiyo va ikki karra Jahon chempioni hisoblanadi. Sportda yuqori natijalarga erishib, xalqaro maydonda yurtimiz nufuzini oshirib kelayotgan Nargiza endi ta’lim yo‘nalishida ham yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.
Bu yutuq yosh sportchilar uchun katta namuna bo‘lib, sport bilan bilimni birgalikda olib borishning samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri