Suzish: AQSHdagi xalqaro turnirda sportchimiz O‘zbekiston nomini ulug‘ladi
AQSHning Grinsboro shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli “TYR Futures Championships” xalqaro turnirida hamyurtimiz Eldorbek Usmonov yuqori natija qayd etdi.
Dunyoning ko‘plab davlatlaridan suzish sport turi bo‘yicha mahoratli sportchilar ishtirok etgan xalqaro musobaqaning 50 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldorbek Usmonov 23,90 soniya natija qayd etib, xalqaro turnirning oltin medaliga musharraf bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA