O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi eng katta hudud bo‘lmish Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy tumanlari – Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqa’la tumanlari uchun alohida yer tuzish guruhi shakllantirilgani e’tiborga sazovordir.

«O‘zdaverloyiha» instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi direktori Yerejepov Jenisbay bo‘linma tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lum qildi.

"Bo‘linmamizda hozirgi kunda 55 ta xodim faoliyat olib bormoqda hamda ular tomonidan hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar bajarilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 23 aprelda «Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qanliko‘l, Bo‘zatov, Chimboy hamda Mo‘ynoq tumanlarida xatlov ishlari olib borilmoqda.  

O‘tkazilgan xatlov natijasida tumanlarning elektron xaritalari yaratilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarimiz tomonidan 16 tuman hamda bitta qal’a bo‘yicha ma’muriy-hududiy chegaralar belgilanib, 1 mln. 26 ming km. uzunlikdagi chegaralarga aniqlik kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yildagi qaroriga asosan bo‘linmamiz mutaxassislari tomonidan tumanlar kesimidagi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yer maydonlarining normativ qiymatini aniqlash ishlari ham olib borilmoqda".

Bo‘linma direktori o‘rinbosari Ruslan Genjebayev ma’muriy-hududiy chegaralarni belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish davomida yer uchastkalarida kelib chiqayotgan nizoli masalalarga shu joyning o‘zida aniqliklar kiritib, koordinatalar katalogini shakllantirishni aytib o‘tdi.

"Koordinatalar katalogi o‘zi nima? Koordinatalar katalogi vaqt o‘tishi bilan topo elementlar o‘zgargan taqdirda ham belgilangan chegaralarni aniq yuritilishiga imkon beradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 16 mln. 6 ming gektar yer maydoni bo‘lsa, shundan 4 mln. 303 ming gektar yer maydoni yer fondining 8 ta toifasi bo‘yicha to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, 5 tuman bo‘yicha to‘liq elektron xaritalar yaratilib, to‘liq xatlovdan o‘tkazildi, bular: Kegeyli, Xo‘jeyli, Qanliko‘l, Bo‘zatov hamda Mo‘ynoq tumanlaridir.

Bundan tashqari, bo‘linma tomonidan 9 ta tuman bo‘yicha deshifrovka ishlari ham to‘liq yakuniga yetgan, 7 ta tuman bo‘yicha deshifrovka ishlari davom etmoqda.  

Zaxirada turgan yer maydonlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni Yer-Geoportali onlain platformasiga kiritish ishlarini 2021 yil 1 yanvar sanasida yakunlash rejalashtirilgan.

Institutning hududiy bo‘linmalarida nafaqat hukumat qarorlari bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi, balki hamkor tashkilotlarga yer tuzish loyihasi ishlari ham olib boriladi.  

Quvonarlisi shuki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasining "Gazprom Interneshnl"  tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi.

Bo‘linma mutaxassislari salohiyati nafaqat yurtimiz tadbirkorlari, balki xalqaro tashkilotlar tomonidan ham yuqori baholanmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy tumanlarining elektron xaritalari yaratilmoqda