Kadastr agentligiga barcha viloyat, tuman va shaharlarning ma’muriy chegaralarini aniqlash ishlarini yakuniga yetkazib, mahalliy kengashlarda tasdiqlash vazifasi qo‘yilgan edi.

Bu boradagi ishlar qanday tashkil etildi?  

Agentlikning ma’lum qilishicha, o‘tgan yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida tumanlarning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash bo‘yicha, hududdagi 10 ta tuman va shaharning hamda 32 ta tumandagi shaharcha, qishloq va ovullarning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash ishlari bajarildi.  

– O‘tgan yili 32 ta tumanda yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari bajarilib, 5,8 mln. gektar maydonda yer uchastkalarini o‘lchash va ularning elektron xaritalarini yaratish ishlari yakuniga yetkazildi, – deydi Kadastr agentligi bo‘lim boshlig‘i Ixtiyor Ergashev. – Geodeziya va kartografiya yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni hamda Prezidentimizning 2022 yil 20 oktyabrdagi qaroriga asosan, 97 596,2 kv.km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi. 91 500 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi. Shuningdek, 60 400 kv.km maydonda topografik xaritalar yangilandi. 596 km. uzunlikda nivelirlash, 154 ta geodezik o‘lchov ishlari bajarildi. 61 900 kv.km. maydonda ochiq turdagi xaritalar yaratildi. 55 800 kv.km. maydonda topografik xaritalar nashr qilindi.  

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining etnokonfessional atlasi, 7- va 9-sinflar uchun atlas va yozuvsiz xaritalar tayyorlanib, chop etildi. O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi davlat chegarasida delimitatsiya chizig‘i joyiga ko‘chirildi. 80 ta sun’iy yo‘ldosh stansiyalari punktlari o‘rnatildi, Andijon viloyatida mahalliy koordinatalar tizimini o‘rnatish ishlari bajarildi.  

Yana bir ma’lumot, 60 512 ta geografik ob’ektlarning nomlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, 23 445 ta nom davlat reyestriga kiritildi. Shuningdek, 2024 yil 1 iyun holatiga yer tuzish va yer kadastri loyiha qidiruv ishlari bo‘yicha joriy yil 1 choragida 16 ta tumanda ma’muriy-hududiy chegaralarni belgilash va yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 8 ta tumanda bu boradagi ishlar yakuniga yetkazildi.  

Shu bilan birga, Samarqand viloyatining interaktiv raqamli xaritasi hamda 8- va 10-sinflar uchun atlas va yozuvsiz xaritalar tayyorlandi. O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi davlat chegarasida delimitatsiya chizig‘ini joyiga ko‘chirish ishlari va sun’iy yo‘ldosh stansiyalari uchun qurilgan punktlarda geodeziya o‘lchov ishlari amalga oshirilmoqda. Respublikaning 296 ta aholi punktida mahalliy koordinatalar tizimini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. 24 524 ta geografik ob’ektlarning nomlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, 3 465 ta nom davlat reyestriga kiritildi.  

Sohada tizimli ishlar amalga oshirilishiga qaramay, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari ham uchramoqda. Xususan, joriy yilning 29 may holatiga respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 17 737 ta (2 869 gektar) holat aniqlandi. Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 8 426 ta holatda 1 016 gektar maydondagi qonunbuzilishlarning ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlandi. O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarida qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzdirish haqida sudlarga 5 165 ta (668,7 gektar) da’vo arizalari kiritildi. Yerga oid qonunbuzilishi holatlarida jinoyat alomatlari kuzatilgan 791 ta (141,5 gektar) ish hujjatlari o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.  

Respublika bo‘yicha yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 531 ta (3 946,8 gektar) holat aniqlanib, ushbu yerlarga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 521 ta (3 937,3 gektar) taqdimnoma hamda sudlarga 10 ta (9,5 gektar) da’vo arizalari kiritildi.  

Bir so‘z bilan aytganda, yer uchastkalaridan samarali foydalanish, yerlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar talon-toroj qilinishining oldini olish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur jarayonlarga axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish natijasida yerga oid qonunbuzilishi holatlarining oldi olinmoqda.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5,8 mln. gektar yer maydonlarining elektron xaritalari yaratildi