Yurtimizda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, uni zamon talablariga mos ravishda qayta tashkil etish yo‘lida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar ta’lim sifati, kadrlar tayyorlash jarayoni va ilm-fan rivoji uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

2025 yilning 24 yanvarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti tashkil etildi. Bu, ta’lim sohasidagi yangi bosqich bo‘lib, uning zamirida xalqaro standartlarga mos, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashdek ezgu maqsad mujassam.  

– Qarorda universitet faoliyatini samarali tashkil etish uchun aniq vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, biz bu topshiriqlarni bosqichma-bosqich amalga oshiryapmiz, – deydi Qo‘qon davlat universiteti rektori Dilnoza Xo‘jayeva biz bilan suhbatda. – Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, fanlar katalogini takomillashtiramiz, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy qilamiz. Uchta ta’lim muassasasi negizida tashkil etilgan universitetimiz yaqin kelajakda nafaqat mintaqaviy, balki milliy darajadagi yetakchi ta’lim markaziga aylanishiga ishonchimiz komil.  

Hozirda universitetimizda 7 ta fakultet va 28 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Kunduzgi, sirtqi hamda magistratura ta’lim shakllarida jami 17 ming 932 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning ta’lim-tarbiya jarayonini 795 nafar malakali professor-o‘qituvchilar amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, 11 ta kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasi bizga biriktirilgan.

– Hozirgi kunda raqamlashtirish barcha sohalarda dolzarb masalaga aylangan. Siz rahbarlik qilayotgan oliygohda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Raqamli ta’lim biz uchun ham ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Qarorga muvofiq, universitetda “Yagona darcha” tamoyili asosida ishlovchi “Registrator ofisi” tashkil etildi. Bu ofisda talabalar o‘qish jarayonida duch keladigan barcha tashkiliy va huquqiy masalalar hal etiladi. Shuningdek, yangi fan modullari ishlab chiqilmoqda, maxsus kurslar uchun professor-o‘qituvchilar jalb etilmoqda, elektron platformalarda dars materiallari joylashtirilmoqda.

– Yaqin kelajakda xorijiy tillarda o‘qitiladigan guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilgan, shundaymi?  

– 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab, iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda ta’lim beriladigan maxsus guruhlar ochiladi. Bu bilan biz xalqaro andazalarga mos kadrlar tayyorlashni maqsad qilganmiz. Shuningdek, respublikamizdagi va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillik dasturlari ham yo‘lga qo‘yiladi.

– Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash ham dolzarb masala. Bu borada qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda?

– To‘g‘ri, har bir talaba o‘qishni bitirgach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishi lozim. Shu sababli bitiruv malakaviy ishlarini va magistrlik dissertatsiyalarini bevosita ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda himoya qilish amaliyotini joriy etmoqdamiz. Farg‘ona viloyati hokimligi ko‘magida soha korxonalarida kafedra filiallari tashkil etilmoqda. Bu esa talabalarga amaliy ko‘nikmalarni real sharoitda egallash imkonini beradi.

– Yangi universitetda professor-o‘qituvchilar tarkibini takomillashtirish bo‘yicha qanday rejalar bor?

– Yangi o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilarni yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga malaka oshirishga yuborishni rejalashtirganmiz. Bu nafaqat, o‘qituvchining bilimini yangilaydi, balki ta’lim sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

P.S: Qo‘qon davlat universitetining tashkil etilishi – mamlakatimizda oliy ta’limni yanada takomillashtirish, uni raqobatbardosh va zamonaviy tarzda yo‘lga qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning yorqin namunasidir. Bu yerda amalga oshirilayotgan tashkiliy va raqamlashtirishga oid o‘zgarishlar talabalarga sifatli bilim berish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

Ta’lim, fan va innovatsiya uyg‘unligida faoliyat yuritishni maqsad qilgan universitet rahbariyatining rejalari esa Qo‘qon davlat universiteti yaqin kelajakda nafaqat mintaqaviy, balki milliy va xalqaro miqyosda tan olinadigan ta’lim muassasasiga aylanishiga ishonch uyg‘otadi.  

Mohigul Qosimova suhbatlashdi, O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon davlat universiteti: yangi imkoniyatlar, strategik maqsadlar sari