Toshkent hayvonot bog‘i va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda bugun tabiat qo‘yniga 10 ta katta baklan (baliqchi qush), 12 ta oq charloq, 100 dona cho‘l toshbaqasi, 10 ta sharqiy kulvor ilon qo‘yib yuborildi

– Toshkent hayvonot bog‘ida boqilayotgan baklanlar, oq charloqlar hamda brakonerlardan tortib olingan ilon va toshbaqalarni tabiat qo‘yniga qo‘yib yubordik. Asosiy maqsad- jonivor va qushlarning tabiatda populyatsiyasini saqlashdir. Bu ham Toshkent hayvonot bog‘ining vazifalaridan biridir, – deydi Ilhom Mo‘minov, Toshkent hayvonot bog‘i Suvda suzuvchi qushlar bo‘limi mudiri.

2019 yilda qayta nashrdan chiqarilgan «Qizil kitob»ga bir paytlar O‘zbekistonda ko‘p bo‘lgan, ammo jonivorlarning yashash joylarini inson tomonidan o‘zlashtirilishi, terib, xorijga sotilishi, kasalliklardan da’vo topish maqsadida o‘ldirilishi natijasida kamayib, yo‘qolish xavfi ostida qolgan cho‘l toshbaqalari va kulvor ilonlar ham kiritildi.

– Tabiat qo‘yniga bioxilma-xillikni asrab-avaylash maqsadida qo‘yib yuborilgan jonivor va qushlar ma’lum muddat nazoratga olinadi, – deydi Azizbek Azimov Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Tabiiy hududlarni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i.

Mazkur turdagi hayvonlar yangi joyga moslashishi, noma’lum shaxslar tomonidan yig‘ib, olib ketmasligini nazorat qilish maqsadida xodimlarni biriktirdik. Afsuski, aholining aksariyat qismi jonivorlarga faqat iste’molchi sifatida qarashadi, bu esa mamlakatimiz bioxilma-xilligiga salbiy ta’sirini ko‘rsatib, bir paytlar O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida yashagan jonivorlarning yo‘qolishiga olib kelmoqda.

Toshkent hayvonot bog‘i va Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi qo‘mitasining xayrli aksiyasini boshqa yurtdoshlarimiz ham qo‘llab-quvvatlashar, tutqinlikdagi jonivorlarni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishar, – degan umiddamiz

Nargis Qosimova

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Qizil kitob»ga kiritilgan jonivorlar tabiatga qo‘yib yuborildi