Bu yil kartoshkaga bo‘lgan talab to‘liq qoplanadi?

Jahonning deyarli barcha mamlakatlarida kartoshka yetishtiriladi. Bu mahsulot ko‘pchilik mamlakatlarda asosiy oziq-ovqat o‘simligi hisoblanadi. Kartoshka yetishtirish so‘nggi o‘n yillikda 12-15 foizga oshgan va undan har yili 300 million tonna atrofida hosil olinmoqda. 

Kartoshka xalqimizning ham yillar davomida sevib iste’mol qilib keladigan asosiy oziq-ovqati bo‘lib, uning tuganagi tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar – kraxmal, oqsil, shakar, kletchatka, turli vitaminlar, mineral elementlar mavjud. Undan 500 dan ziyod taom tayyorlanadi.

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar oyi boshidan bugungi kungacha kartoshkaning ulgurji narxi 12,9 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bu mahsulot narxi yanada oshishi va kartoshka tanqisligi yuzaga kelishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.  

Xo‘sh, aslida O‘zbekistonda aholining kartoshkaga bo‘lgan yillik talabi qanchani tashkil etadi? 

O‘tgan 2024 yilda yurtimizda qancha kartoshka yetishtirilgan va joriy yilda kartoshka zaxirasi yetarlimi? 

Hududlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi qay tarzda monitoring qilinadi?

Mazkur savollar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilshod Nazirov quyidagilarni ma’lum qildi.

– Mamlakatimiz aholisining kartoshkaga bo‘lgan yillik talabi 4 million tonnani tashkil etadi. O‘tgan 2024 yilda yurtimizda jami 3,7 million tonna, shundan asosiy maydonda 2,7 million tonna va takroriy ekin sifatida 1 million tonna kartoshka yetishtirilgan. Mazkur hosilning 600 ming tonnasi keyingi mavsumda ekish uchun urug‘lik sifatida zaxira qilingan va tabiiy yo‘qotish 100 ming tonna (3%) atrofida belgilangan. 2024 yilda hududlarda takroriy maydondan yig‘ib olingan kartoshka hosilidan qolgan qismi joriy yil apreligacha aholi iste’moliga talab etiladigan mahsulotning 44 foizini qoplaydi.

Respublika hududlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda. Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 ta, Andijonda 16 ta, Buxoroda 13 ta, Jizzaxda 11 ta, Qashqadaryoda 14 ta, Navoiyda 10 ta, Namanganda 12 ta, Samarqandda 16 ta, Surxondaryoda 15 ta, Sirdaryoda 11 ta, Toshkentda 17 ta, Farg‘onada 19 ta, Xorazm viloyatida 11 ta va Toshkent shahrida 12 ta jami 194 ta dehqon bozori mavjud. Barcha dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida kartoshkaning 1 kilogrami 5,0-6,0 ming so‘mdan sotilmoqda.

Monitoring natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Yangi Qo‘yliq dehqon bozorida (“Food City”) 1 kg kartoshkaning o‘rtacha narxi 8,5 ming so‘mni (minimal 7,5 ming so‘m, maksimal 9,0 ming so‘m) tashkil qilishi aniqlangan. Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Aviasozlar, Qo‘yliq, Mirobod, Yunusobod dehqon bozorlarida kartoshkaning eng yuqori narxi 9 ming so‘mni, Sirg‘ali, Farhod, Chilonzor, Eski juva, Qoraqamish, Askiya, Oloy dehqon bozorlarida 10 ming so‘mni tashkil etmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib, respublikada kartoshka narxi 12 ming so‘m deb tarqatilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Takroriy ekin maydonlarida yetarli miqdorda kartoshka hosili yetishtirilmagani joriy yil qish-bahor mavsumida aholi talabi to‘liq ta’minlanmasligiga sabab bo‘lmoqda. Kartoshka 2 muddatda ekiladi: 1) yanvar-martda asosiy maydonga ekilgan kartoshka aprelning ikkinchi yarmi –iyulgacha hosil beradi; 2) iyun-iyulda g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shagan takroriy maydonga ekilgan kartoshka noyabr-aprelda iste’mol qilinadi (har biri 6 oydan qariyb 1,7 million tonnadan).

O‘zbekistonda kartoshkaning ekish uchun “Sante”, “Aqrab”, “Alvara”, “Agane”, “Baqro 30”, “Beluga”, “Bimondo”, “Bolero”, “Viktoriya”, “Diamant”, “Quvonch 1656 M”, “Latona”, “Marfona”, “Palma”, “Umid”, “Hamkor-1150”, “To‘yimli”, “Fazan”, “Fresko”, “Esprit”, “Romano”, “Kardinal2” hamda  “Draga” kabi navlari Davlat reyestriga kiritilgan.

Takroriy maydonlarga ekish davrida urug‘lik kartoshka sotib olish va agrotexnik tadbirlar xarajatlarini moliyalashtirishga imtiyozli kredit ajratishning samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagani, resurslar (urug‘lik, YOMM, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, mexanizatsiya xizmatlari) narxlari yuqoriligi va qishloq xo‘jaligi sub’ektlarida aylanma mablag‘lar yetishmasligi hududlarda kartoshka ekish prognoz qilingan maydonlarga to‘liq ekilmasligiga olib kelmoqda.  O‘rtacha 1 gektar maydonda kartoshka yetishtirishga 55-60 million so‘m xarajatlar (boshqa turdagi ekinlarga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p) talab etiladi.  Shundan, 30-35 million so‘m, yerni tayyorlash va mineral o‘g‘itlar uchun 7-10 million so‘m, ish xaqi va boshqa xarajatlarga 18-20 million so‘m mablag‘ talab etiladi.

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 4 yilda (2022-2025 yillar yanvar oyida) kartoshka narxi o‘sishi 173 foizni tashkil etsa, azotli o‘g‘it narxi 173 foiz, kaliyli o‘g‘it 175 foiz, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy himoya vositalari 202 foiz, dizel yonilg‘isi 178 foiz, mexanizatsiya xizmati (yer haydash) 170 foiz, elektr energiya 180 foizga oshgan. Bundan tashqari 2022 yilda suv solig‘i,  qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanmagan, 2024 yildan boshlab 1 gektar kartoshka yetishtirishga sarflanadigan har bir m3 suvga 100 so‘mdan (jami 11 ming m3 sarflanadi) suv solig‘i hamda 12 foiz QQS hisoblanmoqda. Shu bilan birga, xorijiy davlatlarda ham kartoshka ishlab chiqarish hajmining kamayishi oqibatida narxlar o‘sishi kuzatilmoqda.

Jumladan, Qozog‘istonda 2024 yilda 2,9 million tonna kartoshka yetishtirilgan, bu 2023 yilga nisbatan 80 foizni tashkil etdi. Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kartoshka ekin maydoni 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 33,9 ming gektarga kamaygan. Buning oqibatida o‘tgan yilga nisbatan 1,4 million tonna (16 foiz) kam hosil yetishtirildi. “Rosstat” tomonidan 2024 yilda kartoshka narxi so‘nggi 5 yildagi eng yuqori o‘sishi bo‘lgani prognoz qilingan, oktyabrda o‘rtacha narxi 22-23 rublni tashkil etib, 2023 yilgi narxdan (15 rubl/kg) 1,5 barobar oshgan. Bularning barchasi tannarx oshib ketishi va oziq-ovqat mahsulotlari bahosiga ta’sir etmoqda.  

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Nega Qishloq xo‘jaligi vazirligi aytgan choralar ko‘rilayotganiga qaramay, narxlar barqarorlashmayapti?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili qish va bahor mavsumi uchun narxlar barqarorligini ta’minlash hamda aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilib kelmoqda. 2024-2025 yilda jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan 245,6 ming tn (94,8 %) kartoshka zaxiraga jamg‘arilib, fsp.agro.uz onlayn platformasi orqali sub’ektlar kesimida monitoringi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil 28 yanvar holatiga mahalliy hokimliklar tomonidan jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan jami 9,9 ming tonna kartoshka ichki bozorlarga savdoga chiqarilgan, zaxira qoldig‘i 235,6 ming tonnani tashkil qiladi (fsp.agro.uz ma’lumoti bo‘yicha). Zaxira qilingan mahsulotlar arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari orqali sotish uchun omborlardan 4000-4500 so‘mdan savdoga chiqarilmoqda.

Shuningdek, ichki bozorni kartoshka bilan barqaror ta’minlash va narxlarni tushirish maqsadida Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Pokiston va Eron davlatlaridan import qilinmoqda. 2025 yil 1-28 yanvar kunlari 94,2 ming tonna kartoshka import qilingan. Jumladan, 24 yanvar kuni 1,1 ming tn, 25 yanvarda 0,6 ming tn, 26 yanvarda 1,5 ming tn, 27 yanvarda 1,5 ming tn va 28 yanvarda 1,3 ming tn import qilingan. Importyor tadbirkorlardan olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 18-26 yanvar kunlari Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Solang” dovonida qor yog‘gani sababli katta yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanishi cheklangan. Dovonda harakat cheklangani bois kartoshka importi kamaygan va narxi nisbatan qimmatlashgan.

Dovon ochilganidan keyin 28 yanvar holatiga “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasidagi narxlar 2,0-2,5 ming so‘mga arzonlashgan va 1 kg kartoshka 5,5-6,0 ming so‘mdan sotilmoqda. 10 kun oldin 7,5 - 8,5 ming so‘mdan sotilgan. Hozirda “Solang” dovonidan 8,5 ming tn (363ta fura) kartoshka olib kirilishi kutilmoqda.  Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Ayritom” chegara maskanidan Surxondaryoning Termiz shahrigacha bo‘lgan temir yo‘l uchun qo‘shimcha vagonlar qo‘yilgan. “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida 29 yanvar holatiga Pokistondan import qilingan 1 kg kartoshka 4 ming 990 so‘mdan hamda mahalliy kartoshka 8  ming 490 so‘mdan sotilmoqda.

2025 yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan asosiy maydonlarga 122 ming gektar maydonga kartoshka ekish belgilangan. Joriy yilning 28 yanvar holatiga Surxondaryo viloyatida 2025 yil hosili uchun 7,4 ming gektar maydonga kartoshka ekildi.  Ushbu ekilgan maydonlardan 2025 yilning aprel oyida 211 ming tonna hosil yetishtirilib ichki bozorlarga chiqariladi. Respublikning qolgan hududlaridan may oyidan boshlab kartoshka hosili yig‘ishtiriladi va ichki bozorlarda kartoshkaga bo‘lgan talab to‘liq qoplanadi.

Shu o‘rinda yana bir ma’lumotni qo‘shib o‘tmoqchiman. Yurtimiz iqlimida kartoshka yetishtirish mashaqqatli ish hisoblanadi. Urug‘larni ekishga tayyorlashda, avvalo ular saralanadi, lat yegan, kasallangan tuganaklar terib olinadi. Ekishga vazni 30, 50, 80 g bo‘lgan tuganaklardan foydalaniladi. Ertapishar kartoshka navlarining urug‘lari tuproqning 10 sm qatlamida harorat 6-7 0S qiziganda ekib boshlanadi. O‘zbekistonda ertagi kartoshka tekislik mintaqalarida 10 fevraldan 15 martgacha, tog‘ oldi mintaqalarida 10-25 martda ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Ekish muddati kechikkanda tuganaklar hosil bo‘lishi yozning jazirama issig‘iga to‘g‘ri keladi, tuganaklar hosil bo‘lishi yomonlashadi, hosildorlik kamayadi.

Bozorlardagi kartoshkalar narxi bo‘yicha esa doimiy nazorat olib boriladi va kartoshka narxlari muvofiqlashtirib  turiladi.  

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi vazirligi kartoshka bilan bog‘liq holat haqida ma’lumot berdi