Kelgusi yilning 1-yanvar sanasidan 2022-yil 31-dekabr davriga kelib esa shu tipda eski namunadagi barcha hujjatlar oʻrnini yangisi egallaydi.

Jizzaxda Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishda “Yagona elektron baza”ni shakllantirish hamda plastik shakldagi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishda yangi turdagi plastik hujjatlarning oʻziga xos qulayliklari, afzalliklari va undan foydalanishda oʻrnatilgan tartib-qoidalar haqida mutaxassislar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi.

Respublika hukumatining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2020-yil 1-martidan traktorchi-mashinist guvohnomasining, texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazishda texnik pasport va texnik guvohnomaning yangi namunalarini berish boshlandi. Shuningdek, 2020-yil 31-dekabr davrigacha boʻlgan muddat oraligʻida eski namunadagi texnik pasport va texnik hamda traktorchi-mashinist guvohnomasi berilgan sanasidan qatʼiy nazar egalarining arizasi bilan almashtiriladi.

Kelgusi yilning 1-yanvar sanasidan 2022-yil 31-dekabr davriga kelib esa shu tipda eski namunadagi barcha hujjatlar oʻrnini yangisi egallaydi. Va nihoyat 2023-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran eski namunadagi hujjatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Hukumat qarorida ushbu ishni amalga oshirish uchun moddiy texnik taʼminot va mablagʻ ajratish ham koʻzda tutilgan Shu maqsadda viloyatga 521 million soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga 1 dona “Damas” rusumli texnik xizmat koʻrsatish avtomashinasi va texnik-diagnostik jihozlar toʻplami hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari boʻyicha “Yagona elektron baza”ni shakllantirish, zamonaviy, plastik shakldagi hujjatlar tayyorlash va berish uchun 8 ta kompyuter jamlanmasi va maxsus printerlar xarid qilingan.

Ayni paytda “Oʻzagroinspeksiya”ning Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl, Paxtakor, Zafarobod, Zarbdor, Gʻallaorol va Jizzax shahri boʻlimlari ushbu jihozlar bilan taʼminlandi. Joriy yil yakuniga qadar qolgan Zomin, Yangiobod, Baxmal va Forish tuman boʻlimlari ham toʻliq taʼminlanishi koʻzda tutilgan.

Hozirgacha viloyat boʻyicha jami 55 dona texnik pasportlar yangisiga almashtirilib, 25 tasi roʻyxatga kiritildi. 5 dona haydovchilik guvohnomalari oʻz egalariga topshirilgan.

Seminar davomida bir qator qishloq xoʻjaligi va meloratsiya korxonalariga texnikalarning yangi nusxadagi hujjatlari topshirildi.

– Qurilish firmamizning 5 ta texnikasiga texnik hujjatlarini plastik shakldagisiga almashtirish uchun “Oʻzgaroinspeksiyasi” viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan edim, – deydi “Boburbek qurilish montaj” MCHJ rahbari Oʻktam Turdiyev. – Bugungi seminarda menga ekskavatorning oldi-sotdi shartnomasi orqali olib kelingan texnikamni roʻyxatdan oʻtkazib, yangi texnik pasport va davlat raqam belgisi taqdim etildi. Bundan tashqari 2 ta texnikamning eski tipdagi texnik pasporti yangi namunadagi plastik shakldagisiga almashtirib berildi.

Oʻzaro muloqot shaklida oʻtgan amaliy seminarda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xoʻjalik texnikalari hujjatlari plastik shaklga oʻtkazilmoqda