Masalan, iqtisodiyot, yuridik, tibbiyot, tillar va pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarning yetarli mablag‘i bor. Lekin eng dolzarb bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi, veterinariya, muhandislik, aniq va tabiiy fanlar (STEM) yo‘nalishidagi ayrim oliygohlar daromad topishga o‘rganmayotgani, yoshlar uchun jozibador emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezidentimiz “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjirini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish zarurligi qayd etdi

Bu borada 25 ta muhandislik oliygohi hamkor korxonalarda 438 ta kafedra ochdi. Masalan, neft-gaz tarmog‘i ta’lim-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil qildi. Buxoro texnika universiteti esa neft-gazdan tashqari yana 10 ta korxonada 20 ta kafedra filiali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Buxoro viloyatida yaqin yillarda yirik gaz-kimyo majmuasi ishga tushishi kutilmoqda. Xorijiy kompaniyalar tomonidan Ustyurtdagi yangi loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan.

Prezidentimiz bu quvvatlarga mutaxassislar qayerda tayyorlanadi, ilmiy izlanishlar kim tomonidan olib boriladi, degan savollarga hozirdan javob topish kerakligini ta’kidladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirqta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgani bugun o‘z samarasini bergani ta’kidlandi