So‘nggi 5 yilda yurtimizda barcha sohalardagi kabi oliy ta’lim tizimida ham jadal islohotlar amalga oshirilmoqda.

 Ushbu islohotlarning tub mohiyatida oliy ta’lim muassasalariga yoshlarning qamrovini oshirish, ularni o‘qitish uchun shart sharoitlar yaratish, oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish yotadi.

Yaqinda muhtaram Prezidentimizning «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari e’lon qilindi. Ushbu qaror 2021 yil 24 dekabr kuni matbuotda chop etilishi biz oliy tibbiy ta’lim muassasalari xursandchiligiga sabab bo‘ldi. Qaror ilovasida e’lon qilingan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari qatorida Toshkent tibbiyot akademiyasining borligi bizga juda katta mas’uliyat yukladi. Qaror bandlarini ko‘rar ekanmiz, moliyaviy mustaqillikka 2022 yil 1 yanvardan boshlab kirish lozimlik ta’kidlangan.

Ushbu qarorning dastlabki bandida ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilash aytib o‘tilgan. Aksariyat xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish qiymatini o‘zi belgilaganligi tufayli har xil oliy ta’lim muassasalarida har xil qilib belgilangan. 

Ushbu bandda oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatlari, uning moddiy texnika bazasiga qarab o‘qitish qiymati belgilanadi, bu esa oliy ta’lim muassasalarida imkoniyatlarni yaratishga undaydi. Bundan tashqari, talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirishni oliy ta’lim muassasasining o‘zi belgilashi talabalarni intizomga chaqirishi bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga to‘lash muddati va turini individual belgilash, talabaga qo‘shimcha imkoniyat yaratishga xizmat qiladi. 

Qarorning muhim bandlaridan biri, bu - ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish va ularning mehnatiga haq to‘lash bo‘lib, bunda xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish bilan birga talabalarga ta’lim berish sifatini oshirish, pedagoglar o‘rtasida erkin raqobatni shakllantirish imkonini beradi, bu esa pirovard natijada oliy ta’lim muassasasi reytingini oshirishga xizmat qiladi.

Professor-o‘qituvchilar shtat birliklarini kiritish me’yorlarini ishlab chiqish ham oliy ta’lim muassasalariga berilgan bo‘lib, faoliyat yuritayotgan pedagoglarn shtatlari sonini talabga qarab oshirish yoki kamaytirish imkonini beradi.

Qarorning eng muhim bandlaridan biri - o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish bo‘lib, talabaning o‘zlashtirishiga, uning faolligiga va ijtimoiy ehtiyojiga qarab ularga stipendiya belgilash talabalar orasida oliy ta’lim muassasasiga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi va yaxshi bilim olishga motivatsiya qiladi.

Yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish uchun uning jozibadorligini axborot resurs markazidagi yaratilgan shart-sharoitlar, ulardagi o‘quv adabiyotlarning soni va sifati ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan qarorning xorijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish belgilangan bandi ayni muddao bo‘ladi, chunki axborot resurs markazida talabalarning xorijiy adabiyotlar ma’lumotlarini o‘zlashtirish maqsadida chet tillarini o‘rganishga undaydi.

Ta’lim olayotgan talaba uchun barcha ta’lim yo‘nalishlari va bosqichlari bo‘yicha bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdori hisoblab chiqilishi ham qarorning muhim bandlaridan biri bo‘lib, ta’lim yo‘nalishlariga va ta’lim olish bosqichlariga defferensial yondashuvga undaydi.

Moliyaviy mustaqillik berilayotgan oliy ta’lim muassasalariga ajratilayotgan davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun byudjet mablag‘lari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolanadigan bitim asosida ajratilishi tibbiy oliy ta’limning o‘ziga xosligini inobatga olish imkonini beradi.

Bunda davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va hisobot davri oxirida mablag‘larning qoldig‘i oliy ta’lim muassasasi ixtiyorida qoldirilishi mablag‘larni tejamkorlik bilan taqsimlash imkonini yaratadi.

Ta’lim xizmatlari uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib, biroq oliy ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash, istiqbolda rivojlantirish hamda ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘zaro raqobat asosida belgilanishi ta’lim yo‘nalishlarini va uning mohiyatini mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqib belgilanishi talabalarning ta’lim olish mas’uliyatini oshiradi.

Moliyaviy mustaqillik yana oliy ta’lim muassasalarining asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘lar to‘lig‘icha o‘z ixtiyorida qoldirilishi qarorda o‘z aksini topgan. Shundan kelib chiqib moliyaviy sarf-xarajatlar muvozanatini saqlash maqsadida moliyaviy nazorat tadbirlarini xolisona va mustaqil o‘tkazadigan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tashkil etilishi ham qarorda belgilab qo‘yilgandir. Bundan tashqari, mablag‘larning sarflanishi yuzasidan yuqori turuvchi vazirlikka (idoraga) har chorakda belgilangan tartibda hisobot berilishi ham oliy ta’lim muassasalari mas’uliyatini oshirish uchun xizmat qiladi.

Moliyaviy mustaqillikni amalga oshirishda oshkoralik mexanizmlarini ta’minlash maqsadida qarorda Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar, xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda tasarrufidagi mablag‘lar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlariga muntazam joylashtirib borilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu moliyaviy oshkoralikni ta’minlaydi.

Shuningdek, mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish, jumladan, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va stipendiya to‘lovlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq amalga oshirish uchun javobgarlik tegishli oliy ta’lim muassasasi rahbarlari zimmasiga yuklanishi yanada mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan byudjet mablag‘larini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanishi ham qarorda belgilangan.

Moliyaviy mustaqillik berilayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalarni to‘lov-kontraktlari miqdorini mustaqil belgilashi aytilgan, lekin talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, biroq tegishli yo‘nalish bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanishi ta’kidlangan. Shu bilan birga, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari kesimida qabul shartlarida to‘lov-kontrakt qiymati tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanishi mumkin. Bu ham mutaxassisliklar orasida raqobat uyg‘otadi.

Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida kuzatuv kengashlarining bo‘lishi, ularning vakolatlariga:

oliy ta’lim muassasasining uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borishi;

oliy ta’lim muassasasining o‘rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish;

ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;

oliy ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi bo‘yicha rektor va prorektorlar faoliyatini o‘rganish hamda axborotini eshitish;

oliy ta’lim muassasasining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat o‘tkazish uchun qo‘shimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish;

oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etish, shu jumladan nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rinishida maqsadli kapital jamg‘armasini shakllantirish;

ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash;

oliy ta’lim muassasasi rahbari va xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash;

oliy ta’lim muassasasi hamda ular huzuridagi ta’lim va ilmiy muassasalarning rahbar va xodimlari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilash;

oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini, shu jumladan xarajatlarning taqsimlanish ulushini mustaqil belgilash kiritilgandir.

Shuningdek, qarorda davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun elektron shartnomalar tuzish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish xarajatlarini onlayn to‘lash va mablag‘lar hisobini yuritish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash belgilab qo‘yilgandir.

Bunda oliy ta’lim muassasasi hamda bitiruvchilar o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatish, ularning kelgusi professional faoliyati, erishgan yutuqlari 
va tajribalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish, ular bilan talabalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, mahorat darslari tashkil etish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi ta’kidlangan. Bunda bitiruvchilarning kelgusida erishgan yutuqlari oliy ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining fuqarolarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish qamrovi va sifatini oshirish, ta’lim jarayonini ilg‘or oliy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka muntazam ravishda hisobot berib borishi nazarda tutilgan.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berilishi klinik fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilishda o‘quv auditoriyalar sonini oshirish, klinik bazalarda sharoit yaratishga imkon tug‘iladi.

Bundan tashqari, davlat oliy ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lashdan ozod etilganligi, moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga qonunchilikda oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilishi, moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llanilishi bojxona bojidan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz o‘quv hamda ilmiy laboratoriya jihozlari, maxsus asbob-uskunalar, o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlar, o‘qitishning texnik vositalari, multimedia mahsulotlarini olib kiruvchi barcha yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi oliy ta’lim muassasalariga mablag‘larni tejash imkoniyatlarini yaratadi.

Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kundagi yaratilayotgan sharoitlar, tibbiy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirishga, oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishga, xalqaro ta’lim maydonida o‘z o‘rnini egallash imkonini beradi.

Alisher SHODMONOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi mehnat bozorida kadrlar raqobatbardoshligini oshiradi