Qiliçbozlik: Özbekiston kubogi ğoliblari aniqlandi
Toşkentda kattalar örtasida qiliçbozlik böyiça Özbekiston kubogi musobaqalari davom etmoqda. Navbatdagi kuni rapira böyiça şaxsiy va sablya böyiça jamoaviy bahslar ötkazilib, ğolib va sovrindorlar nomi maʼlum böldi.
Rapira böyiça erkaklar va ayollar örtasidagi şaxsiy musobaqalarda jami 106 nafar sportçi iştirok etdi. Qiliçbozlar Toşkent şahri, Toşkent, Andijon, Farğona va Samarqand viloyatlari nomidan bahs olib bordi.
Erkaklar örtasidagi bellaşuvlarda Daniil Kravsov (Toşkent şahri) birinçi örinni egalladi. Uluğbek Usmonov (Toşkent şahri) kumuş, Ratmir Semeyev (Andijon viloyati) va Ilyas Molina (Toşkent şahri) bronza medallariga sazovor böldi. Ayollar örtasida Yelena Petrova (Toşkent şahri) şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Asal Karimova (Toşkent şahri) ikkinçi, Durdona Madaminjonova va Sabina Adaşaliyeva esa uçinçi örinni egalladi.
Sablya böyiça erkaklar va ayollar örtasidagi jamoaviy musobaqalarda ham kuçli jamoalar aniqlandi.
Erkaklar bahsida Toşkent şahrining birinçi jamoasi çempionga aylangan bölsa, Qoraqalpoğiston Respublikasining uçinçi jamoasi ikkinçi böldi. Uşbu hududning birinçi va törtinçi jamoalari bronza medallarini qölga kiritdi. Ayollar örtasida Qoraqalpoğiston Respublikasining ikkinçi jamoasi şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Mazkur hududning birinçi jamoasi kumuş, Jizzax viloyati hamda Toşkent şahrining birinçi jamoalari bronza medallari bilan taqdirlandi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA