Qaysi holatlarda haydovchilarga 15 kun ichidagi jarima uchun 50 foiz chegirma amal qilmaydi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 332(1)-moddasida “Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi” belgilangan. Unga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki o‘ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Ammo O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalariga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmaydi:
- 131-moddasi (Transport vositalarini mast holda boshqarish);
- 132-moddasi (Kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi);
- 136-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi);
- 140-moddasi (Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish) hollarda;
• jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
• xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda jarima miqdorining ellik foizi yoki yetmish foizi emas yuz foizi to‘lash kerak bo‘ladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/rBPScVMq4xE?si=s9kxzqLb7fk-8ucC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I.Ismatov O‘zA