Tarmoqlardagi bahslarga nuqta qöyildi: yurtimizdagi vaksinalar tarkibi töliq örganilgan (+video)
Özbekistonda sönggi ön yilda profilaktik emlaş qamrovi 95 foizdan yuqori darajada saqlanib kelmoqda. Şunga qaramay, qizamiq, meningokokk infeksiyasi, suvçeçak va brutsellyoz kasalliklari hamon dolzarbligiça qolmoqda.
Bu haqda 19-noyabr kuni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Tadbirda, şuningdek, vaksinalar tarkibi Din işlari böyiça qömita vakillari iştirokida örganilgani va ularda maʼlum meʼyorlarga zid moddalar mavjud emasligi rasman tasdiqlangani taʼkidlandi.
Qayd etilişiça, 2025 va 2026-yillar körsatkiçlari taqqoslanganda, ötkir respirator virusli infeksiyalar 15 foizga, virusli gepatitlar 23,3 foizga, gripp va grippga öxşaş kasalliklar esa 64,2 foizga kamaygan. Qizamiq böyiça ham ijobiy dinamika kuzatilib, 2024-yilda 20 ming 940 ta holat qayd etilgan bölsa, joriy yilning ön oyida bu körsatkiç 2 ming 542 tani taşkil etdi.
Infeksiya tarqalişini jilovlaş maqsadida bu yil qizamiqqa qarşi 1,6 mln doza vaksina olib kelingan. Ayni paytda ilgari emlanmaganlar, bir marta vaksina olganlar, bemorlar bilan muloqotda bölganlar, 6 oylikdan 1 yoşgaça bolalar hamda 30 yoşgaça aholi qatlami emlanmoqda.
Tadbirda meningokokk infeksiyasi, suvçeçak va brutsellyoz böyiça kasallanişning ösiş tendensiyasi kuzatilayotgani ham taʼkidlandi.
Xöş, emlaş qamrovi yuqori bölsa-da, kasalliklar nega uçrab turibdi?
— Bu emlaş taqvimi va immunitet şakllanişi jarayoni bilan boğliq, — dedi Sanepidqömita raisining örinbosari Botirjon Qurbonov.
— Xususan, qizamiqqa qarşi töliq immunitet hosil bölişi uçun bola ikki marta — 1 yoşda va 7 yoşda emlanişi şart. Bir yoşga tölmagan yoki ikkinçi dozani olişga ulgurmagan (masalan, 3–4 yoşli) bolalar bemor bilan muloqotda bölganda, kasallik yuqişi ehtimoli yuqori böladi. Şuningdek, öz vaqtida emlanmagan qizlar ona bölganda, farzandiga tuğma immunitet ötmaydi va çaqaloq 6 oylik bölguniga qadar infeksiyalar oldida himoyasiz qoladi, — deya qöşimça qildi mutaxassis.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, bugungi kunda Milliy profilaktik emlaş kalendari asosida 13 turdagi kasallikka qarşi bepul emlaş amalga oşirilmoqda. 2020-yildan buyon vaksinalar xaridi töliq davlat hisobidan moliyalaştirilib, bu maqsadga yiliga 20 mln dollar (2004-yilda 2 mln dollar edi) ajratilmoqda.
Masʼullarning taʼkidlaşiça, aynan vaksinatsiya samarasi ölaroq, 1996-yildan buyon mamlakatda poliomiyelit, 2002-yildan esa difteriya va çaqaloqlar qoqşoli qayd etilmagan. 2001-yildagi körsatkiçlarga nisbatan gepatit B bilan kasallaniş 200 barobar, rotavirus infeksiyasi esa 45 foizga kamayib, 5 yoşgaça bölgan bolalar örtasida uşbu infeksiyadan ölim holatlari butunlay bartaraf etilgan.

Anjuman yakunida OAV vakillari va blogerlarning savollariga javob berildi.
Xususan, emlanmagan bolalar reyestri va ota-onalar bilan individual işlaş mexanizmlari haqidagi savolga Sanepidqömita raisining örinbosari Botirjon Qurbonov quyidagiça javob berdi:
— Respublika miqyosida umumiy foiz körsatkiçlari yuritilsa, viloyat va tuman poliklinikalari kesimida emlanmagan har bir bolaning nomma-nom reyestri mavjud. Şu asosda bolalar ikki toifaga ajratilib, individual iş olib boriladi. Bu tibbiy çeklovi bor bolalar soğlomlaştirilgaç, alohida reja asosida emlanadi. Şuningdek, ota-onasi rad etgan holatlarda esa qömita mutaxassislari, mahalla faollari va OAV vakillari iştirokida joylarga çiqib, oilaviy poliklinikalarda tuşuntiriş işlari ötkaziladi, — dedi u.
Şu bilan birga, mutaxassislar Özbekistonga olib kelinadigan har bir vaksina JSST tavsiyalari va verifikatsiyasi asosida, Immunizatsiya böyiça işçi guruh xulosasi hamda milliy ilmiy-tekşiriş institutlari sinovlaridan sönggina amaliyotga joriy etilişini qayd etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda vaksinalar tarkibi yuzasidan tarqalgan şubhalar asossiz ekani alohida taʼkidlandi.
Mohiçehra Eşmirzayeva,
Nişonboy Abduvoitov (video),
Uluğbek Töxtayev (montaj), ÖzA