Qaşqadaryoda Ziyolilar kengaşining hududiy yiğilişi ötkazildi
Qarşi davlat universitetida Özbekiston Ziyolilar kengaşining “Yangi Özbekiston ziyolilari - milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida Qaşqadaryo viloyati ziyolilari bilan muloqoti bölib ötdi.
Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, “Yuksaliş” harakati raisi Bobur Bekmurodov, Özbekiston xalq şoiri Mahmudjon Toyirov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömita raisi Şarofiddin Nazarov, Özbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, “Saodat” jurnali boş muharriri Munavvara Usmonova, ÖzFA Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Bahodir Hafizov, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi direktori Xurşid Fayziyev, Yoşlar parlamenti aʼzosi Marjona Jöraqulova hamda bir qator soha vakillari iştirok etdi.
Muloqot avvalida viloyat hokimi Murotjon Azimov ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni, uning mazmun-mohiyati va bugungi kun masʼuliyati haqida fikr bildirdi.
– Bugun ziyolilikning çegarasi qayerda, degan savol köpçilikni öylantiradi. Turmuşimizdagi ayrim holatlar baʼzilarga oddiy yoki arzimasdek tuyulişi mumkin. Masalan, 5 ming kişiga oş berib, köpkari ötkaziş bilan maqtaniş örniga, maktab kutubxonasiga kitob olib beriş, boğçani zarur jihozlar bilan taʼminlaş, ehtiyojmand insonlarga kömaklaşiş, bemor qarindoşini yöqlaş kabi ezgu işlarga eʼtibor qaratsak, maqsadga muvofiq bölardi, – dedi M.Azimov.
[gallery-32499]
Anjumanda jamiyat taraqqiyotida ziyolilarning örni va masʼuliyatini oşiriş, ilm-fan va taʼlimni rivojlantiriş, milliy qadriyatlar hamda maʼnaviy merosni asrab-avaylaş, yoş avlod tarbiyasiga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Şundan söng yettita şuʼbaga bölingan holda ziyolilar bilan muloqotlar davom ettirilib, sohalar rivojiga qaratilgan amaliy taklif va taşabbuslar bildirildi.
– Albatta, ziyolilarning fikrlarini tinglaş, ularni umumlaştirgan holda jamiyat rivojiga hissa qöşadigan taşabbuslarni işlab çiqiş oçiği bir ziyoli sifatida meni quvontirdi, – deydi “Adolat kuçi” gazetasi boş muharriri Norböta Ğoziyev. – Ijtimoiy tarmoqlar, umuman virtual olam hayotimizga çuqur kirib kelgan sayin, bosma naşrlarning obunasi pasayib ketdi, natijada ayrim naşrlar allaqaçon faoliyatini töxtatişga majbur böldi. Bu esa sezilmagan holda maʼnaviyatimizning zaiflaşib ketişiga olib keladi. Şu bois majburiy obunani qonuniylaştiriş taklifini bildirdim. Bundan taşqari, maktablarda gender tenglikni taʼminlaş, yaʼni erkak öqituvçilarni maktabga qaytariş fikrini ham bildirdim. Çunki öğil bolalarda erkaklarga xos xarakter şakllanişida bu juda muhim. Keyin sinflarda, ayniqsa, boşlanğiç sinflarda öquvçilar sonini 15-20 nafardan oşirmaslik taklifini ham aytib ötdim.
Maʼlumot örnida, 10-14-noyabr kunlari mamlakatimizning barça hududlarida Özbekiston Ziyolilar kengaşining hududiy yiğilişlari ötkazilişi belgilangan. Ularda bildirilgan taklif va taşabbuslar umumlaştirilib, Kengaşning respublika yiğilişida taqdim etiladi.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat),
ÖzA muxbirlari