Özbekiston ziyolilari Kengaşining hududiy yiğilişi ötkazilmoqda
Qoraqalpoğiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasida “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida Özbekiston ziyolilari Kengaşi hududiy yiğilişining oçilişiga bağişlangan tadbir ötkazildi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Orinbayev sözga çiqib, tadbirning oçilişi munosabati bilan yiğilganlarni tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz rahbarligida xalqimizning farovon turmuşini taʼminlaş borasida keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilayotgan bölib, bunday ezgu taşabbuslarni hayotga tatbiq etişda ziyolilarimizning tutgan örni alohida hisoblanadi. Mazkur tadbirda bir qator soha ziyolilari töplanib, yurtimiz kelajagi böyiça özaro muloqot, masalalarni muhokama qiliş maydoni böldi. Dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida mamlakatimiz taraqqiyoti yölida ziyolilarimizning tutgan örnini yanada oşirişga qaratildi.
Yiğilişda qoraqalpoğistonlik ziyolilar tomonidan yurtimiz kelajagiga oid qator muhim taşabbuslar va muhim takliflar bildirilib, galdagi vazifalar haqida söz yuritildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi ziyolilari bilan bölib ötgan muloqotda ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va boşqa sohalar vakillari iştirokida mamlakat taraqqiyotida ziyolilarning örni va masʼuliyatini oşiriş, milliy qadriyatlarni asraş, ilmiy-intellektual salohiyatni rivojlantiriş hamda yoş avlod tarbiyasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida qoraqalpoğistonlik ziyolilar tomonidan yurt kelajagi, jamiyat taraqqiyoti va milliy yuksalişga qaratilgan qator taşabbus va takliflar ilgari surildi.
[gallery-32440]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA