Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi negizida ekspress-metodlarda sinov, qiyoslash va kalibrlash ishlarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro talablarga mos bo‘lgan zamonaviy bino qurib foydalanishga topshirildi.

Ushbu bino Prezidentimizning 2018 yil 13-14 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar asosida qurildi.

O‘zstandart agentligi tomonidan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan xarid qilinib, ushbu majmuaga o‘rnatilgan yuqori aniqlikdagi bosim, harorat, elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun ko‘p funksiyali elektr kalibratorlari, gaz, suv, elektr hisoblagichlarni qiyoslash uskunalari viloyat aholisi va tadbirkorlariga ko‘plab qulayliklar yaratilishiga xizmat qiladi.

Masalan, mazkur uskunalar yordamida eksport mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini qisqa muddatda ya’ni bir soat ichida amalga oshirish mumkin.

Ikki qavatli binoning yerto‘la qismida elektr, gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash kalibrlash laboratoriyasi, birinchi qavatda aholi va tadbirkorlardan sohaga oid kelib tushayotgan barcha murojaatlarni, o‘lchash vositalarini qabul qilish va tarqatish byurosi, majmua binosining 2-qavatida esa elektr, fizik kimyo, geometriya va hajm o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash bo‘limlari joylashgan. 

Ayni paytda markazda maxsus sertifikatlarga ega bo‘lgan 18 nafar mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Xalqaro talablarga mos bo‘lgan zamonaviy sinov majmuasining foydalanishga topshirilishi natijasida yana qo‘shimcha 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi tegishli qaroriga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi, – deydi Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi metrologiya bo‘limi boshlig‘i Jamshid Tojiev. – Mazkur reglament yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Ushbu reglament qabul qilingunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hisobga olish uskunalarini har bir iste’molchi o‘zlari olib kelar edi. Mazkur reglamentga asosan hisobga olish priborlarini davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish uchun 2019 yilning 1 noyabr oyidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki onlayn tarzda davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan Davlat xizmatlari markazi tomonidan murojaatlar qabul qilinadi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan hisobga olish uskunalari belgilangan tartibda yechish, ta’mir talab bo‘lsa ta’mirlash, davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish va o‘rnatish ishlarini amalga oshiradi. Ushbu reglamentga asosan hisoblagichlarni qiyoslash davriyligi jismoniy shaxslar uchun 8 yil, yuridik shaxslar uchun 4 yilni tashkil etadi. Bu esa jismoniy va yuridik shaxslarga ancha qulayliklar yaratadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshida zamonaviy sinov, qiyoslash va kalibrlash majmuasi ish boshladi
Жамият
13:56 / 24:09:2019