O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 3321-moddasiga ko‘ra, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi belgilangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu borada batafsil tushuntirish berdi.

– Kodeksga ko‘ra, huquqbuzarga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizi yoki o‘ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizi ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. 

Ammo, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda transport vositalarini mast holda boshqarish, kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi, transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi uchun chegirma qo‘llanilmaydi. 

Shuningdek, mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda, jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda hamda xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda yuqorida keltirilgan chegirma qo‘llanilmaydi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hWiKs36pRQI" title="Qanday turdagi jarimalarga 50 yoki 70 foizlik chegirmalar qoʻllanilmaydi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qanday turdagi jarimalarga 50 yoki 70 foizlik chegirmalar qo‘llanilmaydi? (+video)