Qarshi davlat universitetida viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarining “Qalqon” jamoatchilik guruhlari o‘rtasida ilk bora “Vatan himoyasi –muqaddas burch” shiori ostida harbiy sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Universitet tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, do‘stona muhit yaratish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan musobaqada ishtirokchi jamoalar to‘ldirma to‘p uloqtirish, turnikka tortilish, arqon tortish va tosh ko‘tarish kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi. 

Har bir shart bo‘yicha bahslar qizg‘in tusda o‘tib, qatnashchilar jamoaviy va yakka tartibda o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblikka erishgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida: 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va qator vazirliklarning qo‘shma qaroriga ko‘ra, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qalqon” jamoalari musobaqasi qizg‘in o‘tdi