“Janub qalqonlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi (+video)
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida oliy ta’lim muassasalaridagi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida “Janub qalqonlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi tashkil etildi.
Tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, jamoaviy harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etib, 5 ta shart bo‘yicha bellashdi. Ishtirokchilar harbiy intizom, jismoniy chidamlilik, chaqqonlik, jamoaviylik va sardorlik qobiliyatlarini namoyish etdi. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz davlat universiteti jamoasi birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini qo‘lga kiritdi.
[gallery-28318]
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga diplom va pul mukofotlari topshirildi.
Ta’kidlanganidek, bu kabi musobaqalar yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi hamda kelgusida ham davom ettiriladi. Ishtirokchilar mazkur musobaqa nafaqat sport mahoratini oshirish, balki jamoaviylik va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lganini qayd etdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AXoVBPbXsi8" title="“Janub qalqonlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA