Tarbiyasi og‘ir bola — pedagog va ota-onalar uchun azaliy bosh og‘riq. Qariyb 99% ota-ona bunday muammoga duch kelishadi. Lekin muomalani qaytadan ko‘rib chiqish orqali bunga barham berish mumkin.
Ko‘pincha ota-onalar bola 5 — 7 yoshga to‘lib, qiliq va injiqliklari bilan hammani bezor qilishga ulgurganida shifokor va pedagoglarga shikoyat qila boshlashadi. Biroq bolani mo‘min-qobil qilib o‘stirishga yordam beruvchi tarbiya usullari bugun ancha eskirganini uning allaqachon natija bermayotganidan ham sezish mumkin.
Bizning o‘zbekona tarbiyaga ko‘ra, farzand oilada hamisha bo‘ysundiruvchi (yetakchi) emas, itoat qiluvchi (ergashuvchi) o‘rinni egallashi zarur deb hisoblashadi. Ammo bu hozirgi zamon bolalariga unchalik ham to‘g‘ri kelmayotganini kuzatishimiz mumkin.
Xo‘sh, ota-ona va farzand o‘rtasidagi disbalansni qanday qilib barqaror ushlab turish mumkin? Bu haqida batafsilroq ma’lumot olish uchun ilmiy psixolog Feruza Alimovani suhbatga chorladik.
Bola tarbiyasi mavzusi — bepoyon, serqirra, cheksiz va umuman oddiy odamlar qabul qilishi mushkul masala. Har yili dunyo bo‘yicha bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan tonnalab kitob va risolalar chop etiladi, biroq yuz yil muqaddam bo‘lgani kabi aksariyat ota-onalar gapga kirmaydigan bolalar muammosiga duch kelaverishadi. Ota-ona shunchaki o‘z xatti-harakatlarini tahlil hamda nazorat qilishi — farzandga munosib o‘rnak bo‘lishi, ularning xarxasha va injiqlariga uchmasligi, bola bilan bajonidil suhbatlashishi, o‘z qarorlarini bamaylixotir tushuntirishi zarur.
"Salomatlik sirlari" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini e’tiborsiz qoldirmang.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/bbk3qjomNFQ" title="Psixolog: Farzandingizning "quloqsiz" bo‘lishi - normal holat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov(video), O‘zA