“Prokuror kubogi”ning Nukus shahar bosqichi o‘tkazildi
Nukus shahar prokuraturasi tashabbusi bilan 17–18-avgust kunlari 2011–2012-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasining Nukus shahar bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch va mahoratini namoyish etib, g‘oliblik uchun qizg‘in bellashdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, yuqori natija qayd etgan g‘olib va sovrindorlar kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bunday sport tadbirlarining muntazam o‘tkazilishi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy chiniqishi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, yosh avlodni irodali va faol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri