Profilaktika inspektoriga aloqa tugmalari orqali xabar yuboriş yanada osonlaşmoqda
Hukumat profilaktika inspektorlariga murojaat qilişning yangi tartibini tasdiqladi. Endi mahallalardagi maxsus aloqa tugmalari orqali yuborilgan xabarlarga 5 daqiqa içida javob beriladi. Bu aholiga katta qulaylik yaratadi.
Hukumatning tegişli qarori bilan “Fuqarolarning profilaktika inspektoriga aloqa tugmalari orqali xabar yuboriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
2026-yil 25-noyabrda qabul qilingan nizomga köra, aloqa tugmalari aholiga qulaylik yaratiş maqsadida profilaktika inspektorlari xizmat xonasida bölmagan vaqtda ularga murojaat va xabar yuboriş uçun profilaktika inspektorlarining mahalladagi xizmat xonalari eşiklarida örnatiladi.
Taʼkidlanişiça, aloqa tugmalarining işlaş holati hududiy içki işlar organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Aloqa tugmasi orqali yuborilgan murojaat va xabar böyiça profilaktika inspektorining xizmatda foydalanişi uçun ajratilgan maxsus planşetiga yoki mobil qurilmasiga ovozli signal beriladi.
Bunda har bir profilaktika inspektori kelib tuşgan murojaat va xabarni 5 daqiqa içida qabul qiliş çoralarini körişi qatʼiy belgilangan.
Maʼlum bölişiça, murojaat va xabar uni birinçi qabul qilgan profilaktika inspektori tomonidan örganib çiqiladi.
Aloqa tugmasi orqali yuborilgan murojaat va xabar profilaktika inspektori tomonidan yoki tegişliligiga köra içki işlar organlarining boşqa sohaviy xizmatlari yoxud boşqa vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqiladi hamda natijalari yuzasidan fuqaroga javob xati yuboriladi.
Şerbek Islomov,
ÖzA