Bugun, 20 aprel kuni AQSHning Kaliforniya shtati Oushensayd shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida hamyurtimiz Ruslan Abdullayev filippinlik Jino Rodrigo bilan 8 raundlik jang o‘tkazdi.

Havaskor boks bo‘yicha qit’a va jahon chempionligiga erishgan, 2021 yili O‘zbekistonning eng yaxshi bokschisi sifatida “Rufat Risqiyev kubogi” sohibi bo‘lgan Ruslan Abdullayev jangni to‘liq o‘z nazoratida o‘tkazdi. Bahsning 5-raundida Abdullayev raqibini nokdaun holatiga keltirdi.

To‘liq davom etgan jangda hakamlarning baholashiga ko‘ra, hamyurtimiz 80-71, 80-71, 80-71  hisoblarida muvaffaqiyatga erishdi va  professional boksdagi ikkinchi jangidayoq “WBA Continental” kamari sohibi bo‘ldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Ruslan Abdullayev AQSHda g‘alabaga erishdi