Bahodir Jalolov bugun Londonda jang o‘tkazadi
Bugun Buyuk Britaniya poytaxti Londonda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi kutilayotgan mazkur boks oqshomida yengilmas bokschimiz Bahodir Jalolov Buyuk britaniyalik Solomon Dakres bilan kuch sinashadi.

Kecha ushbu professional boks kechasi oldidan bokschilar ishtirokida vazn o‘lchash, ko‘z urishtirish marosimi, shuningdek matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Aytish lozimki, ushbu boks musobaqasining markaziy bahsida britaniyaliklar Deniel Dyubua va Fabio Uordli superog‘ir vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun to‘qnash keladi. Ular o‘rtasida mazkur jang ikkinchi bor o‘tkazilmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA