Professional boks: Bahodir Jalolov IBF reytingida yuksaldi
O‘zbek sportining faxri, ikki karra Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi, jahon chempioni Bahodir Jalolov Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) reytingida yuqorilashga erishdi.
Professional boksning eng og‘ir vazn toifasida faoliyat yuritayotgan Bahodir Jalolov sentabr oyiga mo‘ljallangan reytingda to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi. U o‘tgan oy reytingida oltinchi o‘rinda qayd etilgandi.

Aytish lozimki, professional boksning mazkur yo‘nalishida ayni paytda xorvatiyalik Filip Xrgovich Jahon chempioni sanaladi. U Buyuk Britaniya vakili Mozes Itaumaga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, IBF yo‘nalishida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, hozirda kubalik Frenk Sanches kamar uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA