Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi
Ular orasida “Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh” bor.
Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi ilk bor Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida oldinda hali ko‘p ishlar turganini ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.
O‘zA