Prezident milliy filmlarning bugungi holati va kamchiliklarini sanab o‘tdi
Prezidentimizning "O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Prezidentimiz ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uchun odamlar kinoteatrga bormay qo‘ygani haqidagi fikrlarga to‘xtaldi. Odamlar xorijiy filmlarni kinozallarni to‘ldirib tomosha qilayotganini qayd etdi.
– Demak, tomoshabin kinodan, kinoteatrlarga borishdan voz kechgani yo‘q, faqat uning didi va talabi o‘zgardi. Milliy filmlarimiz ana shu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yo‘q! – dedi davlatimiz rahbari.
Sababi filmlarni ishlab chiqarishdan uni tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir – distributsiya shakllanmagan.
O‘zA